Adilova Nargiza Orifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Epikardial yog‘ to‘qimasini aterosklerozning kechishi va noxush asoratlari rivojlanishidagi tutgan o‘rni” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4471.
Ilmiy rahbar: Kurbonov Abdukodir.Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSs 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: epikardial yog‘ to‘qimasini aterosklerotik genezli yurak- qon tomir kasalliklarini erta tashxislash, kechishini monitorlash va noxush asoratlarini oldini olishdagi diagnostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:quyidagilardan iborat:
atrosklerozni avj olishi va kardiovaskulyar hodisalarni uchrash darajasini epikardial yog‘ to‘qimasi hajmi va qalinligi bilan o‘zaro bog‘liqligi ( ꭓ2=13,87, r=0,01) aniqlangan;
epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligi 7 mm.dan katta bo‘lgan bemorlarda aterosklerozni avj olishi, lipidlarni perikisli oksidlanishi/ antioksidant tizimi faolligini yaqqol o‘zgarganligi, xususan, qon zardobidagi malon dial`degidini ishonchli ortishi, superoksid dismutaza va azot oksidi erkin metabolitlarini ishonchli kamayishi asoslangan;
ilk bora epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligini 7 mm.dan ortishi braxiotsefal va son arteriyalarida tomir ichi gemodinamikasini buzilishi, jumladan, tomirlar rezistentlik indeksi, intima - media kompleksi qalinligi va tomirlarning stenozlanish darajasini ishonchli ortib borishi bilan hamohangligi isbotlangan;
tomirlarni aterosklerotik shikastlanish markyorlari va gemodinamik ko‘rsatkichlar bilan epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligi orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikni kardio - va serebrovaskulyar noxush hodisalar xavfini baholashdagi prognostik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Epikardial yog‘ to‘qimasini aterosklerozning kechishi va noxush asoratlari rivojlanishidagi ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: aterosklerozni avj olishi va kardiovaskulyar hodisalarni uchrash darajasini epikardial yog‘ to‘qimasi hajmi va qalinligi bilan o‘zaro bog‘liqligi (ꭓ2=13,87, r=0,01) aniqlanganligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining 25.04.2025 yildagi 216 - son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasining 24.04.2025 yildagi 23-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kardio - va serebrovaskulyar noxush hodisalarni uchrash darajasini epikardial yog‘ to‘qimasi hajmi va qalinligi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash aterosklerozni avj olishi va uning noxush oqibatlarini prognozlashda muhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalarni uchrash darajasini epikardial yog‘ to‘qimasi hajmi va qalinligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlash bilan noxush oqibatlar oldi olinib, bemorlarni statsionar davolanish sonini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish, bemorlarning hayot sifatini saqlanishi hisobiga ularni ijtimoiy faolligini ta’minlash imkoni yaratilgan. Xulosa: EYoT qalinligiga bog‘liq ravishda bemorlarni olib borishni muvofiqlashtirish orqali kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalarni kamaytirish, bemorlarni shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish va kasallik asoratlari bo‘yicha nogironlik sonini kamaytirish mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: epikardial yog‘ to‘qimasi 7 mm.dan katta bo‘lgan bemorlarda aterosklerozni avj olishi, lipidlarni perikisli oksidlanishi / antioksidant tizimi faolligini yaqqol o‘zgarganligi, xususan qon zardobidagi malon dial`degidini ishonchli ortishi, superoksid dismutaza va azot oksidi erkin metabolitlarini ishonchli kamayishi asoslanganligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining 25.04.2025 yildagi 216 - son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasining 24.04.2025 yildagi 23-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligi 7 mm.dan katta bo‘lgan bemorlarda lipidlarni perikisli oksidlanishi/antioksidant tizimi faolligini yaqqol o‘zgarganligini aniqlash ateroskleroz avj olishini barvaqt tashxislashda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligini 7 mm.dan ortishi lipidlarni perikisli oksidlanishi/antioksidant tizimi faolligini rag‘batlantirishini aniqlash orqali ateroskleroz tashxisli bemorlarni maqsadli olib borish imkoniyati bemorlarni statsionar davolanish sonini kamaytirib, ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligini 7 mm.dan oshishi lipidlarni perikisli oksidlanishi/ antioksidant tizimi faolligini rag‘batlantirishini aniqlash orqali ateroskleroz tashxisli bemorlarni maqsadli olib borish imkoniyati bemorlarni shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish va kasallik asoratlari bo‘yicha nogironlik sonini kamaytirish imkoni tug‘ilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bora EYoT qalinligini 7 mm.dan ortishi braxiotsefal va son arteriyalarida tomir ichi gemodinamikasini buzilishi, xususan, tomirlar rezistentlik indeksi, intima - media kompleksi qalinligi va tomirlar stenozlanish darajasini ortib borishi (r<0,01) o‘zaro hamohangligi isbotlanganligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining 25.04.2025 yildagi 216 - son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasining 24.04.2025 yildagi 23-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligini 7 mm.dan ortishi braxiotsefal va son arteriyalarida tomir ichi gemodinamikasini buzilishlari, xususan, rezistentlik indeksi va intima - media kompleksi (IMK) qalinligini baholash orqali tomirlarni stenozlanish darajasini erta aniqlash va uni profilaktikasini ta’minlash mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligini 7 mm.dan ortishi braxiotsefal va son arteriyalarida tomir ichi gemodinamikasini buzilishlari, xususan, rezistentlik indeksi va intima media kompleksi qalinligini baholash orqali tomirlarni stenozlanish darajasini erta aniqlash va profilaktikasini ta’minlash hisobiga bemorlarni joriy terapevtik bo‘limlarda statsionar davolanish sonini kamaytirib, ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligini 7 mm.dan ortishi braxiotsefal va son arteriyalarida tomir ichi gemodinamikasini buzilishlari, xususan, rezistentlik indeksi va IMK qalinligini baholash orqali tomirlarni stenozlanish darajasini erta aniqlash va profilaktikasini ta’minlash bilan kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalarni kamaytirish, bemorlarni shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish va kasallik asoratlari oqibatida yuzaga keladigan nogironlik sonini kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aterosklerotik shikastlanish markyorlari va tomirlar gemodinamik ko‘rsatkichlari bilan epikardial yog‘ to‘qimasi orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikni kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalar havfini baholashdagi prognostik ahamiyati asoslanganligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining 25.04.2025 yildagi 216 - son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasining 24.04.2025 yildagi 23-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aterosklerotik shikastlanish markyorlari va tomirlar gemodinamik ko‘rsatkichlari bilan epikardial yog‘ to‘qimasi orasida korrelyasion bog‘liqlikni kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalar rivojlanish xavfini baholashdagi prognostik ahamiyati mavjud. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan algoritmga amal qilish bilan epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligiga bog‘liq ravishda antioksidant tizimi / lipidlar perikisli oksidlanishi, endoteliy disfunksiyasi va tomir ichi gemodinamik buzilishlarini monitoring qilish asosida bemorlarni olib borishni muvofiqlashtirish orqali kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalarni oldini olish, bemorlarni shifoxonada yotish kunlarini kamaytirish va bu bilan ularni mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqarishini mablag‘ tejab qolinishi bilan davolash usuli samarasi aniqlandi. Xulosa: epikardial yog‘ to‘qimasi qalinligiga bog‘liq ravishda antioksidant tizimi/lipidlar perikisli oksidlanishi, endoteliy disfunksiyasi va tomir ichi gemodinamik buzilishlarini monitoring qilish asosida bemorlarni olib borishni muvofiqlashtirish orqali kardio- va serebrovaskulyar noxush hodisalarni kamaytirish, bemorlarni shifoxonada yotish kunlarini qisqartirish va kasallik asoratlari bo‘yicha nogironlik sonini kamaytirish imkoni yaratilgan.