Quralov Eldor Turg‘un o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda qorin bo‘shlig‘i jarrohligida perioperativ analgeziyani optimallashtirish”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari) Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4757.
Ilmiy rahbar: Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bolalar milliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Muhitdinova Xuriya Nuritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zabolotskiy Dmitriy Vladislavovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi .Bolalarda kam invaziv qorin bo‘shlig‘i jarrohligida oldini olish yondashuvi bilan paratsetamol va ibuprofenni birgalikda qo‘llash orqali perioperativ multimodal og‘riqsizlantirish sifati va xavfsizligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
qorin bo‘shlig‘ida minilaparotomik videoassistirlangan laparoskopik operatsiyalarda bolalar uchun preventiv (oldini oluvchi) analgeziya sxemasi asosida operatsiya boshlanishidan oldin paratsetamol va ibuprofenni birgalikda qo‘llash natijadasida operatsiya paytida va undan keyin og‘riq samarali kamaygan, intraoperativ himoya yaxshilangan va og‘riqsiz davr – 4–5 soatgacha uzaygan va standart opioid usuliga nisbatan 2 baravar uzoqroqligi isbotlangan.
operatsiya paytida og‘riq darajasini ob’ektiv baholash uchun yurak-qon tomir reaksiyasi, Bispectral (BIS)-monitoring (entropiya) va Surgical Pleth. Index (SPI) ko‘rsatkichlaridan foydalanilib Paratsetamolni operatsiya boshlanishidan oldin qo‘llash intraoperativ og‘riqni 2,0–2,5 ballga kamaytirishi isbotlangan.
jarrohlik stress-javobiga qarshi samaradorlik qondagi kortizol, glyukoza, S-reaktiv oqsil (SRO) va interleykin-6 (IL-6) darajalarini o‘rganish orqali preventiv analgeziya usuli yallig‘lanish reaksiyasini 20–30%ga kamayshi isbotlangan.
Paratsetamol + ibuprofen multimodal preventiv analgeziyasining standart opioid (morfin) usuliga nisbatan qiyosiylanganda, fiziologik ko‘rsatkichlar, xulq-atvor va vizual-analog shkalalar orqali baholanib, multimodal usul og‘riq intensivligini 4,2 balldan 0,9 ballgacha kamaytirishi (p<0,001), qo‘shimcha og‘riqsizlantirishga ehtiyojni 81%dan 36%ga pasaytirishi va reabilitatsiyani 1,3 baravar tezlashtirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda minilaparotomik videoassistirlangan laparoskopik qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida perioperativ opioidsiz og‘riqsizlantiruvchi multimodal analgeziyani optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Qorin bo‘shlig‘ida minilaparotomik videoassistirlangan laparoskopik operatsiyalarda bolalar uchun preventiv (oldini oluvchi) analgeziya sxemasi asosida operatsiya boshlanishidan oldin paratsetamol va ibuprofenni birgalikda qo‘llash natijadasida operatsiya paytida va undan keyin og‘riq samarali kamaygan, intraoperativ himoya yaxshilangan va og‘riqsiz davr – 4–5 soatgacha uzaygan va standart opioid usuliga nisbatan 2 baravar uzoqroqligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Oldini oluvchi analgeziya bemorni jarrohlik stressidan yaxshiroq himoya qiladi, kortizol va qondagi glyukoza darajasini pasaytirib, yurak urishi va qon bosimini kamaytiradi, erta ekstubatsiyani 1,6 baravar tezlashtiradi (p<0,001), operatsiyadan keyingi og‘riqsiz davrni 4-5 soatga uzaytiradi (opioid usuliga nisbatan 2 baravar uzunroq). Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarning reanimatsiya intensiv terapiya bo‘limida (RITB) bo‘lish muddatini 32 soatdan 24 soatga kamaytiradi (p<0,05), spontan nafas olish vaqtini 66 daqiqadan 42 daqiqaga qisqartiradi (p<0,001), dori-darmon sarfini 20-30%ga pasaytiradi. Xulosa: Maktab yoshidagi bolalarda minilaparotom videoassistirlangan laparoskopik operatsiyalarda UAning qo‘shimcha komponenti sifatida preventiv analgeziyaning yuqori samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan, bu tibbiy amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Operatsiya paytida og‘riq darajasini ob’ektiv baholash uchun yurak-qon tomir reaksiyasi, Bispectral (BIS)-monitoring (entropiya) va Surgical Pleth. Index (SPI) ko‘rsatkichlaridan foydalanilib Paratsetamolni operatsiya boshlanishidan oldin qo‘llash intraoperativ og‘riqni 2,0–2,5 ballga kamaytirishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Organizmga umumiy dori yuklamasini va asoratlarni kamaytirib, operatsiyadan keyingi reabilitatsiyani tezlashtiradi, bemorlarning qulay tiklanishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Mul`timodal opioidsiz analgeziya (MOA) dori-darmon sarfini 25-35%ga, RITB uskunalari yuklamasini pasaytirib, umumiy xarajatlarni 15-20%ga kamaytiradi. Xulosa: Ishlab chiqilgan MOA usuli jarrohlik stress va og‘riq sindromidan samarali himoya qiladi, opioid monoterapiyaga nisbatan afzalliklarini isbotladi.
uchinchi ilmiy yangilik: Jarrohlik stress-javobiga qarshi samaradorlik qondagi kortizol, glyukoza, S-reaktiv oqsil (SRO) va interleykin-6 (IL-6) darajalarini o‘rganish orqali preventiv analgeziya usuli yallig‘lanish reaksiyasini 20–30%ga kamayshi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: MOA va opioid analgeziya samaradorligining ko‘p omilli tahlili asoratlar chastotasini kamaytirib, erta reabilitatsiya sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Og‘riqni yaxshi nazorat qilish (2 soatdan keyin 4,2 balldan 0,9 ballga, p<0,001), qo‘shimcha og‘riqsizlantirish ehtiyojini 81%dan 36%ga pasaytirib, reabilitatsiyani 1,3 baravar tezlashtiradi, xarajatlarni 20%ga kamaytiradi. Xulosa: Taklif etilgan tahlil usuli MOAning opioid usulidan afzalliklarini isbotladi, bolalar jarrohligida qo‘llash uchun samarali.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Paratsetamol + ibuprofen multimodal preventiv analgeziyasining standart opioid (morfin) usuliga nisbatan qiyosiylanganda, fiziologik ko‘rsatkichlar, xulq-atvor va vizual-analog shkalalar orqali baholanib, multimodal usul og‘riq intensivligini 4,2 balldan 0,9 ballgacha kamaytirishi (p<0,001), qo‘shimcha og‘riqsizlantirishga ehtiyojni 81%dan 36%ga pasaytirishi va reabilitatsiyani 1,3 baravar tezlashtirishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Ibuprofen operatsion jarohat sohasidagi yallig‘lanishni kamaytirib, tez reabilitatsiyaga yordam beradi, asoratlar xavfini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Yallig‘lanishni kamaytirish orqali operatsiyadan keyingi davrni ijobiy o‘tkazishga, asoratlarni 15-20%ga kamaytirib, bemorlarni tez safarbar etishga yordam beradi, xarajatlarni tejash imkonini beradi. Xulosa: Bolalar kam invaziv qorin bo‘shlig‘i jarrohligida ibuprofenning yallig‘lanishga qarshi ta’siri isbotlangan, operatsiya asoratlarini kamaytiradi.
Olingan natijalar Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik-anesteziologik bloki va RITB bo‘limlariga (22.07.2025 yildagi №187-sonli buyruq) va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (22.06.2025 yildagi №96-U-sonli buyruq) joriy etilgan (sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi №24-sonli xulosasi).