Dusaliev Alijon Toshpulat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi qurigan tubi tuproq-grunt qoplamlarining landshaft geokimyoviy xususiyatlari (Markaziy qismi misolida)», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1066.
Ilmiy rahbar: Ismanov Abduvaxob Jo‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldoshev G‘ulomjon, biologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Toxtasin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizining qurigan tubida shakllangan tuproq va tuproq-gruntlarining, landshaft geokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol dengizi qurigan tubida shakllangan tuproq-grunt qatlamlarining kelib chiqishi, rivojlanish jarayoni va morfologik belgilar (rangi, tuzilishi, zichligi, qatlamlari qalinligi) aniqlangan;
qoldiq sho‘rxok tuproq-gruntlarida geokimyoviy elementlar (Na, Cl, SO₄², Ca², Mg², K, HCO₃⁻) ning harakatlanishi, tarqalishi va taqsimlanishi aniqlangan;
qurib qolgan dengiz tubi tuproqlarida geokimyoviy elementlarni konsentratsiyasini litosfera klarkidan yuqori ekanligi, mineral tuzlarning bug‘lanish jarayonlarida ular bilan birga Na, Mg, Ca, Cl, S va boshqa elementlarning tuproq-gruntining yuqori qatlamlarida akkumulyasiyalanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
qurigan dengiz tubi markaziy qismi tuproq-gruntlarining geomorfologik va geokimyoviy xususiyatlarini landshaft-geokimyoviy tipologiyasi (geomorfologik sharoit, iqlim, o‘simlik qoplami va moddalar aylanishi, miqdori, migratsiya yo‘nalishi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol dengizi qurigan tubining markaziy qismida shakllangan tuproq va tuproq-grunt qoplamlarini landshaft geokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol dengizi qurigan tubining markaziy qismini 1679847 gektar er maydonida 1:200000 masshtabli «Tuproq va tuproq-grunt xaritasi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 03-iyul 01/01-2362-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tuproq-grunt xaritasi ma’lumotlari asosida er resurslaridan samarali foydalanish va boshqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Orol dengizining qurigan tubi markaziy qismini 1679847 gektar er maydonida «Cho‘l yaylov landshaft xaritasi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 03-iyul 01/01-2362-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ihota o‘rmonzorlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan.
Orol dengizi qurigan tubining markaziy qismini 1679847 gektar maydonda «Degradatsiyaga uchragan tuproq-gruntlar xaritasi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 03-iyul 01/01-2362-son ma’lumotnomasi). Natijada, degradatsiya darajasiga qarab, qurigan dengiz tubida shakllangan tuproq va tuproq-gruntlarini meliorativ va ekologik xolatini tiklashga oid chora-tadbirlar ishlab chiqishga imkon bergan.