Annaev Narbay Asatmatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kimyo sanoati qattiq chiqindilarini samarali granullash va jarayonni qurilma bilan jihozlash”, 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va  oziq – ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4395.
Ilmiy rahbar: Nurmuxamedov Xabibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.2019.T.03.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Djalolitdin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Samandarov Doston Ishmuxammat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq sochiluvchan materiallarni samarali ixchamlash usuli va qurilmasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgilangan fraksiyali mahsulot chiqishini oshirishni ta’minlovchi qattiq va sochiluvchi materiallarni dastlabki maydalash va donadorlashning samarali usuli ilk bor ishlab chiqilgan;
mahsulot chiqishida sifatli granulalar hosil bo‘lishi uchun sterjenlarning joylashishi va ularning maydalash zonasida joylashish qadami, shuningdek ishchi valning burchak tezligi maydalash darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan; 
optimal og‘irlik va o‘lcham xususiyatlariga ega bo‘lgan sanoat maydalagich-donadorlagich qurilmasini hisoblash imkonini beruvchi turboparrakli qurilmadagi maydalash va donadorlash jarayonlarining optimal ko‘rsatkichlari uchun yuqori aniqlikdagi hisoblash formulalari ishlab chiqilgan; 
belgilangan fraksiya tarkibini olish imkonini ta’minlovchi qurilmaning jarayon rejimi va geometrik parametrlarini sharsimon granulalar hosil bo‘lishiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
turboparrakli donadorlagichning unumdorligini oshirishga olib kelishda donadorlash jarayonini boshqa usullarga nisbatan tezlashtirish imkonini beruvchi maydalash va donadorlash jarayonlarini bir qurilmada uyg‘unlashtirish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sochiluvchan, qumoq materiallar, shuningdek kimyo sanoati qattiq chiqindilarni granullash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo korxonalarining sochiluvchan, qattiq chiqindilarini turbulent oqimda granullash qurilmasi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” QK MChJda joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJ ning 2024 yil 31 yanvardagi 23-3-314-son ma’lumotnomasi). Natijada, granulometrik tarkibni 1,47 marotabagacha oshish imkonini bergan;
sanoat maydalagich-granulyator qurilmasi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QKda joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024 yil 31 yanvardagi 23-3-314-son ma’lumotnomasi). Natijada, granullash jarayoni unumdorligi mutanosib ravishda oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish