Axrorov Ma’rufjon Nasimjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lazer nurining qo‘chqorchalar organizmidagi almashinuv jarayonlari, tabiiy chidamliligi va mahsuldorligiga ta’siri», 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B689.
Ilmiy rahbar: Rajamurodov Zaynitdin Turobovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Aliev Dilmurod Davronovich, biologiya fanlari doktori, dotsent..
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: past intensivlikdagi lazer nurining naslchilikda foydalanilmaydigan qo‘chqorchalar oziqlanishi, hazm jarayonlari, moddalar almashinuvi, qonining morfoligik ko‘rsatgichlari, tabiiy chidamliligi va mahsuldorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘chqorchalar organizmida kechadigan metabolik jarayonlarning me’yorida kechishini ta’minlovchi past intensivlikdagi lazer nurlarining optimal kuchlanishlari, ta’sir etish davomiyligi, ta’sirlash davriyligi va sohalari aniqlangan.
qo‘chqorchalarni yaylov va qo‘shimcha ozuqalar bilan oziqlantirishga  o‘tganidan keyin past intensiv lazer nurining  qochqorchalar ozuqa iste’molini oshirishi, katta qorinda kechadigan mikrobiologik, biokimyoviy hamda umumiy hazm jarayonlarining kechish samaradorligini oshirishi ilmiy asoslangan; 
past intensiv lazer nuri ta’sirida qo‘chqorchalar tomonidan iste’mol qilingan quruq modda, mineral moddalar, hazmlanuvchi protein va iste’mol qilingan ozuqalarning energatik qiymati oshirilishi ilmiy asoslangan;
past intensivlikdagi lazer nuri qo‘chqorchalar qonining morfologik, biokimyoviy ko‘rsatgichlari, leykogrammaning yoshga xos xususiyatlari, tabiiy chidamliligi, immun reaktivligi, oqsillar almashinuvi hamda mahsuldorlik ko‘rsatgichlarini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lazer nurining qo‘chqorchalar organizmidagi almashinuv jarayonlari, tabiiy chidamliligi va mahsuldorligiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qo‘chqorchalar ishtahasini va ulardagi so‘lak sekresiyasini oshirish, katta qorinda kechadigan hazm jarayonlarini jadallashtiruvchi hamda to‘yimli moddalarning o‘zlashtirish koeffisientini oshirishda qo‘chqorchalar organizmiga lazer nurini ta’sir ettirish usullarini qo‘llash va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand viloyati Qushrabot tumanidagi “Gulandom ona chorvalari” fermer xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 noyabrdagi 02/23-2251 son ma’lumotnomasi). Natijada, fiziologik holati yaxshilanib hazm jarayonlarini rag‘batlantirilishi va to‘yimli moddalarning hazmlanishini ortishi hisobiga har bir tajriba guruhidagi qo‘chqorchalardan nazorat guruhidagiga nisbatan olinadigan sof foyda 9.7% ga ortishi imkonini bergan;
past intensivlikdagi lazer nurlarini qo‘llash orqali qo‘chqorchalar tomonidan iste’mol qilingan quruq modda, mineral moddalar, hazmlanuvchi protein va iste’mol qilingan ozuqalarning energatik qiymati, qonining morfologik, biokimyoviy va tabiiy chidamliligi, oqsillar almashinuvi hamda mahsuldorlik ko‘rsatgichlarini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalari Samarqand viloyati Qushrabot tumanidagi “Gulandom ona chorvalari” fermer xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 noyabrdagi 02/23-2251 son ma’lumotnomasi). Natijada,  sutdan ajralgan qo‘chqorchalar organizmining rezistentlik va hayotchanlik ko‘rsatkichlarini nazorat guruhiga nisbatan 7,2 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish