Raximov Bekzod Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft, gaz va yog‘-moy sanoati ikkilamchi xomashyo va chiqindilari asosida muqobil yo‘l bitumni olish va uning kolloid-kimyoviy xossalari», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T928. 
Ilmiy maslahatchilar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvahob, kimyo fanlari doktori, professor; Yuldashev Narbek Xudaynazarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft shlami, gossipol qatroni va ishlatilgan metildietanolamin chiqindisi asosida muqobil yo‘l bitumni olish va uning kolloid-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gossipol qatroni, neft shlami va qayta tiklanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan metildietanolamin (MDEA) asosida muqobil yo‘l bitumning optimal resepturasi (GQ-50%, NSh-41%, MDEA-9%) ishlab chiqilgan;
olingan muqobil yo‘l bitumning fizik-kimyoviy (25 va 0°C dagi penetratsiyasi 85 va 24 mm, yumshash harorati 55°C, 25 va 0°C dagi duktilligi 66 va 4,5 sm, chaqnash harorati 232°C, mo‘rtlanish harorati -18°C) ko‘rsatkichlari standart yo‘l bitumiga qo‘yilgan minimal talablaridan qolishmasligi isbotlangan;
gossipol qatroni, neft shlami va ishlatilgan MDEA chiqindisi asosida olingan muqobil yo‘l bitumning reologik (135ºS haroratda kinematik qovushqoqligi 619 mm2/s, 60ºS haroratda dinamik qovushqoqligi 592 Pa·c, taranglik xususiyati +54ºS dan -17ºS haroratgacha o‘zgarmasligi, oquvchanligi +55ºS dan +150ºS haroratda o‘zgarishi) ko‘rsatkichlari bitumning xizmat qilish muddatini uzaytirishi va eskirishini ikki marta kamaytirishi aniqlangan; 
muqobil yo‘l bitumni tayyorlashda 50% miqdorda gossipol qatroni va 9% gacha ishlatilgan MDEA chiqindisidan foydalanish natijasida standart bitumiga nisbatan mineral materiallar bilan passiv ulash bo‘yicha adgeziyasi 10% ga ortganligi hamda shishaning bitum bilan ho‘llanishning chegaraviy burchagi 27º ga kichiklashuvi aniqlangan;
granit, qum, marmar mineral materiallarga nisbatan shag‘al toshining sirt maydoni (9,02 m2/g) va g‘ovak hajmi (0,071 cc/g) eng yuqori bo‘lib, koʻproq hajmli g‘ovaklikka ega ekanligi sababli muqobil yo‘l bitumi shag‘al toshining g‘ovaklarda absorbsiyalanishi va sirt yuzasida adsorbsiyalanishi jarayoni adgezion xususiyatining kuchayishi isbotlangan; 
ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar asosida adgezion va reologik xususiyati yaxshi bo‘lgan muqobil yo‘l bitumni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyo va chiqindilar asosida muqobil yo‘l bitumni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft shlami, gossipol qatroni va ishlatilgan metildietanolamin chiqindisi asosida muqobil yo‘l bitumni ishlab chiqish texnologiyasi «Buxara Prosper Invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 27 iyun 03-13-1061-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahaliy xom ashyo va chiqindilar asosida muqobil yo‘l bitum ishlab chiqarish imkonini bergan;
gossipol qatroni va neft shlami asosida olingan yo‘l bitumni sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida modifikatsiyalangan oltingugurt qo‘llash texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 27 iyun 03-13-1061-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltingugurt saqlagan muqobil yo‘l bitumi yordamida asfalt qorishmasini tayyorlash va yotqizish imkonini bergan;
neft shlami va gossipol qatroni asosida olingan yo‘l bitumiga 35% gacha qayta tiklashga yaroqsiz bo‘lgan metildietanolamin chiqindisini qo‘llash texnologiyasi Sho‘rtan NGQCh boshqarmasiga tegishli obektida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 27 iyun 03-13-1061-son ma’lumotnomasi). Natijada, adgezion ko‘rsatkichi 96% dan yuqori bo‘lgan muqobil yo‘l bitumini olish imkonini bergan;
yaratilgan muqobil yo‘l bitum “Sanoat Qurilish Effekt” MChJ tomonidan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Armechan mahalla fuqarolar yig‘ini “Ishsho” qishlog‘ini ichki yo‘llarida asfalt yotqizish uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 27 iyun 03-13-1061-son ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 22245-90 talablariga to‘liq javob beradigan BND-60/90 markadagi yo‘l bitumini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish