Xoshimxanova Muxayyo Abralovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy, sanoat chiqindilari, kaliy nitrati va ekstraksion fosfat kislotasi asosida suyuq va donador murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T883. 
Ilmiy maslahatchi: Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/13.06.2025.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirberganovich, texnika fanlari doktori, professor; Kurbaniyazov Rashid Kalbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Arifdjanova Kamola Sayfullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magniyli xomashyolardan xlorsiz kaliy nitrat olish, mahalliy va sanoat chiqindilarini ammiakli selitraga qo’shish orqali azot-kaliyli va azot, fosfor va kaliyli o’g‘itlar olish hamda ekstraksion fosfat kislotasi, kaliy nitrat va karbamid asosida suyuq murakkab azot, fosfor, kaliyli o’g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magniy gidroksidni nitrat kislotasi bilan parchalashning maqbul sharoiti topilib kislotaning konsentrasiyasi 57%, me’yori 100%, harorat 40oC va 15 minut davomida parchalanish darajasi 98,43% ga etkanligi aniqlangan;
magniy gidroksidni nitrat kislotasi bilan parchalash jarayonining kinetik konstantalari oʻrganildi va reaksiya tezliklari konstantalarining haroratga bog‘liqligi ravishda toʻg‘ri chiziqli bo ’lib, 1/T·103 qiymatlari ortishi bilan toʻg‘ri chiziqli kamayishi ilmiy asoslangan;
konversiya jarayonining maqbul sharoiti Mg(NO3)2 : KCl = 1,1 : 1,0 nisbatda 85oC haroratda, 30 minut davomida, bug‘lanish darajasi 117oCda 20% ga etganda,  kristallanish harorati 20oC da 20 minut davomida amalga oshirilganda konversiya darajasi 95,25%, unum 93% va oxirgi mahsulot tozalik darajasi 95,6% ga ega ekanligi ilmiy asoslangan;
mahalliy kullarni ammiakli selitraga qoʻshishdagi AS : MK ning maqbul og‘irlik nisbatlari 100:3 va 100:25 ekanligi aniqlanib, bunda NK-oʻg‘itining mustahkamligi “Toza” NH4NO3 va magnezial qoʻshimchali AS ga nisbatan kul minerallari turiga bog‘liq ravishda 1,4-1,7 va 2,02-3,16 barobar ortganligi aniqlangan;
T=20↔60℃ dagi “qizdirish-sovutish” ning 100 siklida “Toza” NH4NO3 singan donalar soni 100 va Magnezit-AS da – 85 ni tashkil etgan boʻlsa, biroq  AS : MK ning  barcha namunalar donalarining bardoshliligi (singani) 12 dan 48 gacha teng ekanligi tajriba asosida isbotlangan:
triynatriyfosfat chiqindisi (TNFCh) va mahalliy kul (MK) asosida olingan NPK-murakkab o’g‘itlarning 100:3:3 va 100:25:10 oraliqdagi nisbatlari maqbul sharoit ekanligi aniqlangan;
yuvib kuydirilgan fosfokonsentratni EFK bilan qayta ishlash jarayonida kislota me’yori 20-50% oralig‘ida olingan bo’tqa tarkibidagi P2O5umum.= 16,67% dan 19,26% gacha ortishi hamda CaOumum.=43,04% dan 40,29% gacha pasayishi tajribalar yordamida isbotlangan. Kaliy nitrat, EFK va fosfokonsentrat asosida olingan azot, fosfor va kaliyli o’g‘itlar olishning material oqimi hisoblab chiqilgan, maqbul sharoitlari va olinish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
EFK ning me’yori bir necha xil konsentratsiyalarda kaliy nitrat va azotli birikmalar yordamida suyuq holdagi murakkab o’g‘it olingan, hamda N: P2O5: K2O = 1: 1: 1 nisbatlarda suyuq kompleks o’g‘it miqdoridagi ozuqa moddalarning 30% ko’prog‘ini o’z ichiga olganligi aniqlangan;
xlorsiz kaliy nitrat, mahalliy va sanoat chiqindilari asosida donador NK va NPK-oʻg‘itlar olish hamda EFK, kaliy nitrat, karbamid va ammoniy nitrat asosida suyuq NPK-oʻg‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magniy gidoksidni nitrat kislotali parchalab kaliy xlorid bilan konversiyalashda xlorsiz kaliy nitratni ishlab chiqarishga jalib qilish orqali to’g‘ridan-to’g‘ri murakkab o’g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
magniy nitratni kaliy xloridi bilan konversiyalab kaliy nitrat olish texnologiyasi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2025 yil 31 yanvardagi 01-09/117 son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun zarur boʻlgan xlorsiz kaliy nitrat o’g‘itini olish imkonini beradi;
magniyli xom ashyolarni nitrat kislotali qayta ishlash asosida magniy nitrat olish va kaliy xlorid bilan konversiya qilish orqali kaliy nitrat olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2025 yil 16 iyundagi 66-son ma’lumotnomasi). Natijada azot va kaliy tutgan ozuqa komponentiga ega bo’lgan kaliy nitrat o’g‘itini olish imkonini beradi;
yuvib kuydirilgan fosfokonsentratni kislotali qayta ishlab, unga kaliy nitrat, ammoniy nitrat va karbamid ta’sir ettirish orqali donador murakkab NPK-o’g‘it olish “Swissagro” QK MChj ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Swissagro” QK MChj ning 2025 yil 19 maydagi 1/80-son ma’lumotnomasi). Fosfokonsentratga kaliy nitrat va azotli komponentlar ta’sir ettirish orqali murakkab donador NPK–o’g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2025 yil 16 iyundagi 66-son ma’lumotnomasi). Natijada donador holdagi azot-fosfor-kaliy tutgan murakkab NPK–o’g‘itlar olish imkonini beradi;
ekstraksion fosfat kislotasi, kaliy nitrat, azotli komponentlar asosida murakkab suyuq NPK-o’g‘it olish texnologiyasi “Swissagro” QK MChj ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Swissagro” QK MChj ning 2025 yil 19 maydagi 1/80-son ma’lumotnomasi). Natijada suyuq holdagi azot-fosfor-kaliy tutgan murakkab NPK–o’g‘itlar olish imkon beradi;
mahalliy kullar, sanoatda triynatriyfosfat chiqindisi va ammiakli selitra suyuqlanmasi asosida donador NK va NPK-o’g‘it olish texnologiyasi “Swissagro” QK MChj ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Swissagro” QK MChj ning 2025 yil 19 maydagi 1/80-son ma’lumotnomasi). Natijada donador azot-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli o’g‘itlar olish imkonni beradi.
ekstraksion fosfat kislotasi, kaliy nitrat, azotli komponentlar asosida suyuq NPK-o’g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJ ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro’yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2025 yil 16 iyundagi 66-son ma’lumotnomasi). Natijada suyuq azot-fosfor-kaliy tutgan murakkab NPK–o’g‘itlar olish imkonni beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish