Nazarbaev Xursandbek Quvondikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rlangan tuproq sharoitida g‘o‘zaning turlararo duragaylarida ayrim morfo-xo‘jalik belgilarining irsiylanishi (Sirdaryo viloyati sharoitida)», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/1273.
Ilmiy rahbar: Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nabiev Saidgʻani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning G.hirsutum L. va G. barbadense L. turlariga mansub navlar ishtirokida olingan duragaylarda morfo-xo‘jalik belgilar irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi hamda belgilar orasidagi korrelyasion bog‘liqliklarni aniqlash va amaliy genetik-seleksion tadqiqotlarda foydalanish uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zaning G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlariga mansub navlarni duragaylashga jalb etgan holda 56-64 % chatishuvchanlik bilan yangi duragaylar olish mumkinligi ilmiy asoslangan;
duragaylarning F1 avlodida o‘simlik barg rangi oraliq holda, barg yirikligi, gultojibarglar rangi va antotsion dog‘lar mavjudligi, ko‘sak shakli, rangi belgilari G.barbadense L. navlarining to‘liq ustunligida irsiylanishi, ko‘sak yirikligi oraliq va G.hirsutum L. navlarining to‘liqsiz ustunligida irsiylanishi aniqlangan;
turlararo duragaylarning F1 avlodida 1000 dona chigit vazni belgisi F1 Baraka x Surxon-9 va F1 ATM-1 x Surxon-14 kombinatsiyasida to‘liq dominant F1 T-91/21x Surxon-14 kombinatsiyasida geterozis holatda, tola chiqimi bo‘yicha F1SP-1303 x Surxon-9 kombinatsiyasida o‘ta dominantlik, F1ATM-1 x Surxon-14 kombinatsiyasida to‘liq dominantlik holatida irsiylanishi aniqlangan;
sho‘rlangan tuproqlarda F2 avlod turlararo duragaylarda ajralish jarayonining keng diapazonda kechishi, bitta ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona chigit vazni belgisida kombinasiyalarga bog‘liq ravishda, tola uzunligi belgisida F2SP-1303 x Surxon-9, F2ATM-1 x Surxon-14 kombinatsiyalarida va tola chiqimi bo‘yicha barcha kombinatsiyalarda ijobiy transgressiv shakllarning namoyon bo‘lishi, va F3 avlodda o‘zgaruvchanlik darajasining pasayishi hamda ajralish jarayonining sustlashishi ochib berilgan;
miqdoriy belgilar bo‘yicha geterozis samarasini yuzaga keltirishda G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlari ishtirokidagi turlararo duragaylashdan foydalanishning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turlararo duragaylash asosida olingan g‘o‘za duragaylarida sho‘rlangan tuproq sharoitida morfo-xo‘jalik belgilarini irsiylanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turlararo duragaylash va yakka tanlov asosida F5Baraka x Surxon-9 duragay kombinatsiyasidan yangi T-2022 tizmasi yaratilib, yaratilgan yangi T-2022 tizmasining tavsifi va chigitlari O‘zFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘zaning eksperimental poliploidiyasi va filogeniyasi” laboratoriyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2024 yil 6 sentyabrdagi 4/1255-1977-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasi sho‘rga bardoshli, tezpishar, serhosil, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega bo‘lgan yangi T-2022 tizmasi bilan boyitish imkonini bergan;
yangi T-2022 tizmasi Sirdaryo viloyati, Guliston tumanidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasining o‘rta sho‘rlangan 0,2 ga maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada T-2022 tizmasi tola chiqimi, sifati va hosildorligining yuqoriligi hisobiga, S-6524 (andoza) naviga nisbatan 6 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.
T-2022 tizmasi Sirdaryo viloyati, Guliston tumani “Temur Furqat kelajak” MChJ fermer xo‘jaligining 0,5 gektar maydoniga joriy etilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tola chiqimi va sifati yuqori bolgan 40,0 sentnerdan hosil olishga erishilgan va bu ishlab chiqarishda asosiy maydonlarda ekilayotgan “Sulton” naviga nisbatan 5,0 sentenerga yuqori hosil olishimkonini bergan.