Waili Aihemidingning
dissertatsiya himoyasisiz chop etilgan maqolalar asosida 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Funksional oziq-ovqat va dori vositalarini ishlab chiqish uchun hayvon va o‘simlik peptidlarining tuzilishi va biologik faolligi», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/K240.
Ilmiy maslahatchi: Salixov Shavkat Ismailovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti., DSc.02/30.12.2019.K/B.37.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zira urug‘lari, no‘xat nihollari, suyak iligi (mol, tuya, ot va qo‘y), tuya suti, chayon oqsillari, ipak serisini, qo‘zichoqlar va bug‘ularning shirdoni oqsillaridan peptidlarni ajratib olish, tozalash va strukturaviy tavsiflash, ularning funksional oziq-ovqat, nutrasevtik vositalar va biotibbiy materiallarni ishlab chiqarishdagi potensial biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta turli manbalardan (Cuminum cyminum urug‘lari, Bactrian tuya suti, chayon gidrolizatlari, Cicer arietinum L. o‘simtalari) ajratib olingan yangi bioaktiv peptidlar asosida dorilarga chidamli Candida albicansga zamburug‘ga qatshi peptid (AKK8) topilgan va tavsiflangan; 
to‘rtta uy hayvonlari turida antibakterial/antioksidant faollikka ega suyak iligi oqsillari, qo‘zi shirdonida COX-2 ni ingibirlovchi glikoproteinlar, Cervus elaphus shirdonidan gialuronidazani ingibirlovchi oqsil aniqlangan va ilk bor baqadan antioksidant hususiyatli oqsilni ekstraksiyalash usuli takomillashtirilgan;
ipak serisinni flavonoidlar/fenollar bilan kovalent kon’yugatsiya qilish orqali yuqori yaliglanishga qarshi va emulsifikatsiya qiluvchi xususiyatlarga ega kon’yugatlar olingan;
asosiy bioaktiv oqsillar uchun innovatsion ajratish metodologiyalari, yangi peptidlar/glikoproteinlar uchun tozalash protokollari ishlab chiqilgan va chayon (Buthus martensii Karsch) dan oqsil ajratib olish sxematik takomillashtirilga;
birinchi bo‘lib qo‘zi va qizil bug‘u (Cervus elaphus) shirdonning oqsil resurslari tizimli ravishda o‘rganilgan va ajratilgan oqsillarning bioaktiv salohiyati aniqlangan;
xromatografik, spektroskopik, kompyuter tahlili va biokimyoviy yondashuvlarni birlashtirish orqali yallig‘lanishga, o‘simtaga qarshi va gialuronidazani ingibirlovchi faollikka ega yangi funksional oqsillar ajratib olingan va ma'lumotlar bazalarida qayd etilmagan antioksidant peptidlar (masalan, SAPHP-A, SAPHP-B, LPTETLH, IEEDLER) aniqlangan; 
ajratib olingan birikmalarning molekulyar strukturaviy ko‘rsatgichlari (molekulyar og‘irlik, gidrofoblik, aminokislotalar tarkibi) va antioksidantlik hamda metall xelatlash faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan; 
hayvonlar/o‘simliklardan olingan oqsillarning struktura-funksiya munosabatlariga oid yangi tushunchalar hamda tabiiy resurslardan biologik faol oqsillar va peptidlardan samarali foydalanish uchun yangi nazariy va amaliy asoslar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antibakterial, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega bo‘lgan dorivor o‘simliklar va hayvonlarning bioaktiv peptidlarining ilmiy natijalari va peptidlarning dizayni asosida:
no‘xatdan peptidlarini ajratib olish va ularni qo‘llash usuli ishlab chqilgan hamda ushbu usulga Xitoy Xalq Respublikasining ixtiro patenti olingan (ZL201510191380.6.). Natijada, ushbu usulda ajratib olingan peptidlardan funksional oziq-ovqatlardagi ozod radikallarni so‘ndirishda foydalanish imkonini bergan;
tuya sutidan antioksidant peptidlarni ajratib olish va ularni qo‘llash usuli ishlab chqilib unga Xitoy Xalq Respublikasining ixtiro patenti olingan (ZL201811122673.9.) Natijada, ushbu peptidlar funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishda antioksidant/erkin radikallarni yo'q qiluvchi vosita sifatida qollash imkonini bergan;
gialuronidaza ingibitori faolligiga ega Tyanshan qizil kiyik abomasum glikoproteinlarini ajratib olish usuli ishlab chiqilib unga Xitoy Xalq Respublikasining ixtiro patenti olingan (ZL202111360384.4.) Natijada, qizil kiyik abomasum gastrit va shungi kabi boshqa xastaliklarni davolash imkonini bergan;
tadqiqot natijalari 100 ortiq yuqori impakt faktorli xalqaro ilmiy jurnallarda iqtibos qilingan: Journal of nanobiotechnology (IF 12.6), LWT-food science and technology (6.6), Phytotherapy research (IF 6.3), Food bioscience (IF 5.9), Nutriens (IF 5.0), Molecules (IF 4.6), Scientific repors (IF 3.9), Journal of food science (IF 3.4), Journal of food science and technology-mysore (3.3), Journal of food measurement and characterization (IF 3.3), Frontiers in sustainable food systems (IF 3.1), Journal of food quality (IF 2.9), Journal of separation science (IF 2.8), Current microbiology (IF 2.6), International journal of peptide research and therapeutics (IF 2.4), Biotechnology letters (IF 2.1). Ushbu natijalar tabiiy manbalardan oqsil va peptid tabiatli birikmalarni ajratib olish, tuzilishini aniqlash va biologic faolliklarini aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish