Abdullaeva Xafiza Davronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped2018
Ilmiy rahbar: Shomurotova Shirin Xajievna, PhD, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.K.05.01
Rasmiy opponentlar: Ahadov Ma’murjon Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Nishonov Mirkozimjon, texnika fanlari nomzodi, professor 
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot oliy tashkilotlarida kimyo fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yicha  takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o’qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari, nazariya va amaliyot uyg‘unligining ta’minlanishi, kasbiy-sohaviy  faoliyatiga doir komponentlarining kredit-modulli o‘qitish jarayonini tashkil etishda individual ta’lim integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
tibbiyot yo‘nalishida innovatsion virtual mobillik bazasidan foydalanishga doir integrativ modelning amaliy komponenti turlari o‘quv jarayonida namoyon bo‘lishining kreativlik darajasi barqarorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘qitish jarayoniga kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlar, biokimyoviy misollar va diagnostik mezonlar majmuasi joriy qilinib, talabalarning analitik, refleksiv va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
tibbiyot yo‘nalishdagi kimyo fanlarining mavzulari Keys-stadi, klaster, loyiha metodlari yordamida o‘qitishga moslashtirilib, interfaol o‘quv metodik ta’minot asosida shifokor-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni tajriba-sinov jarayonida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan natijalar asosida:
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o’qitishni didaktik imkoniyatlari pedagogik nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning didaktik imkoniyatlarini baholash, o’qitishning vizual-tadqiqiy samaradorligini kengaytirish hamda shaxslararo muloqotga kirishish faoliyatini individuallashtirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Noorganik kimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan 197267 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy va metodik kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o’qitish metodikasi mustaqil ta’lim olishga ta’sir ko’rsatuvchi tashkiliy-kommunikatsion omilarini obektiv tasniflash, modulli ta’lim olish bosqichlarini adaptiv va reproduktiv o’qitishga integratsiyalovchi algoritmli topshiriqlarni umumlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Noorganik kimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan 197267 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o’quv-metodik ta’minoti boyitilishiga imkon yaratilgan.
o‘qitish jarayoniga kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlar, biokimyoviy misollar va diagnostik mezonlar majmuasi joriy qilinib, talabalarning analitik, refleksiv va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Noorganik kimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan 197267 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini takomillashtirilgan hamda axborot kompetentligi darajasini baholash omillari aniqlash imkoni yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini o’qitish metodikasi samaradorligi kasbiy kompetentlik va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlarini individual va mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Noorganik kimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan 197267 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’limni tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida kimyo fanini takomillashtirish va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega shifokor-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish