Narimonova Saida Narimon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish” 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4275
Ilmiy rahbar: Valieva Feruza Rashidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temur Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘anieva Aziza Zayniddin qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati monitoringini produktiv loyihalash, pedagogik jarayonda obekt va subektning koordinatsion faoliyatini nazariy-metodologik konstruksiyalash orqali ta’lim samaradorligini texnologik ta’minlash komponentlarini diagnostik va boshqaruv funksiyasi bilan korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqaruv algoritmining ta’lim sifati barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq funksional imkoniyatlari, tizimli, genetik, integratsiyalashgan yondashuv hisobiga amaliy-konseptual traektoriyasini belgilashda xorijiy tajribalar aprobatsiyasi asosida texnologik modellashtirish orqali kengaytirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifat menejmentini strategik traektoriyasi “Lean Management”, “Six Sigma” texnologiyalari va “Kayzen” metodlari kombinatsiyasi asosida pedagogik transformatsiyaga optimal yo‘naltirish va ta’lim standartiga oid boshqaruv faoliyatini rivojlantirishning stoxastik modeli empirik yondashuv ko‘magida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari, kasbiy faoliyatda samaradorlikka erishishda differensial ta’limiy sharoitni mustahkamlash asosida boshqaruv faoliyatida xodimlarning potensial imkoniyatlarini kengaytirishning texnologik talablarini qayta ko‘rib chiqish orqali takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarish texnologiyalari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati monitoringini produktiv loyihalash, pedagogik jarayonda obekt va subektning koordinatsion faoliyatini nazariy-metodologik konstruksiyalash orqali ta’lim samaradorligini texnologik ta’minlash komponentlarini diagnostik va boshqaruv funksiyasi bilan korreksiyalash asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar va amaliy takliflar “Personalni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-iyuldagi 03-03/1-603-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini monitoring qilish va obektiv baholashga oid faoliyati rivojlantirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqaruv algoritmining ta’lim sifati barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq funksional imkoniyatlari, tizimli, genetik, integratsiyalashgan yondashuv hisobiga amaliy-konseptual traektoriyasini belgilashda xorijiy tajribalar aprobatsiyasi asosida texnologik modellashtirish orqali kengaytirishga oid taklif va tavsiyalar “Zamonaviy menejment usullari”, “MTTlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish” va “Maktabgacha ta’limda sifat menejmenti” modullari mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-iyuldagi 03-03/1-603-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining malakasini oshirish jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish imkoni kengaytirilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifat menejmentini strategik traektoriyasi “Lean Management”, “Six Sigma” texnologiyalari va “Kayzen” metodlari kombinatsiyasi asosida pedagogik transformatsiyaga optimal yo‘naltirish va ta’lim standartiga oid boshqaruv faoliyatini rivojlantirishning stoxastik modeli empirik yondashuv ko‘magida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha ta’limda sifat menejmenti” modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-iyuldagi 03-03/1-603-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining faoliyatini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish va sifat menejmentini rivojlantirishga erishilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari, kasbiy faoliyatda samaradorlikka erishishda differensial ta’limiy sharoitni mustahkamlash asosida boshqaruv faoliyatida xodimlarning potensial imkoniyatlarini kengaytirishning texnologik talablarini qayta ko‘rib chiqish orqali takomillashtirishga oid uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar “Personalni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 4-iyuldagi 03-03/1-603-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan, xodimlar faoliyatida sifat samaradorligini oshirishga erishilgan.