Olimov Elbekjon Baxtiyorovichning falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kadrlarni tayyorlash tizimini qadriyatiy regulyativlar asosida modernizatsiyalash (IIV ta’lim tizimi misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4014.
Ilmiy rahbar: Berdiqulov Sirojjon Nasipqulovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.31/30.12.2029.Yu.25.02 raqamli ilmiy darajalarni beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatbaevich, pedagogika fanlar doktori, dotsent; Tuychiev Berdikul Turakulovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IIV ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimini qadriyatiy regulyativlar asosida modernizatsiyalashning
nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari samaradorligi va legitimligini oshirishga qaratilgan islohotlarning asosiy omili sifatida zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash ikki fundamental asos – kasbiy kompetensiya hamda aksiologik potensialga (qadriyatiy regulyativlar negizida shakllangan inson qadri ustuvorligi) tayanishi lozimligi dalillangan;
insonni qadr-qimmatini ulug‘lashga ko‘ra taʼlim mazmunini qadriyatiy regulyativlar orqali modernizatsiyalashga qaratilgan konseptual model (qadriyatlar integratsiyasi innovatsion taʼlim texnologiyalari tizim samaradorligi)ni joriy etish zarurati isbotlangan;
qadriyatiy regulyativlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash samaradorligini aniqlashda taʼlimga siklik bosqichli
«kuzatuv – tahlil – xulosa – taʼlimni takomillashtirib borish» doimiy jarayonini tatbiq etishga ko‘ra asoslangan;
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida o‘qitiladigan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” blokining o‘quv kontentini takomillashtirishda ijtimoiy-aksiologik ehtiyojlar dinamikasiga muvofiq milliy-maʼnaviy, kasbiy-axloqiy,
huquqiy-demokratik hamda gumanistik qadriyatlarga tayanishning uzviy
va uzlyuksizligi (o‘quv kontentining tizimliligi)ni ta’minlash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot asosida:
ichki ishlar organlari samaradorligi va legitimligini oshirishga qaratilgan islohotlarning asosiy omili sifatida zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash ikki fundamental asos – kasbiy kompetensiya hamda aksiologik potensialga (qadriyatiy regulyativlar negizida shakllangan inson qadri ustuvorligi) tayanishi lozimligiga doir takliflaridan targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi
ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 10-apreldagi 132-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya ishlarini yanada jadallashtirishga xizmat qilgan;
insonni qadr-qimmatini ulug‘lashga ko‘ra taʼlim mazmunini qadriyatiy regulyativlar orqali modernizatsiyalashga qaratilgan konseptual model (qadriyatlar integratsiyasi innovatsion taʼlim texnologiyalari tizim samaradorligi)ni joriy etish zarurati “ITD-4-122 – Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha ish rejasiga muvofiq yuksak kompetentli shaxsni shakllantirishning umumpedagogik texnologiyasini takomillashtirishda asos sifatida xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 1-iyundagi 2-10-21-1500-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur taklif asosida pedagoglarning ishchanlik qobiliyati va kasbga doir kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
qadriyatiy regulyativlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash samaradorligini aniqlashda taʼlimga siklik bosqichli
«kuzatuv – tahlil – xulosa – taʼlimni takomillashtirib borish» doimiy jarayonini tatbiq etishga ko‘ra asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-marifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2023-yil 1-iyuldagi
2/2-1032-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda ichki ishlar organlarida qadriyatiy regulyativlar asosida kadrlarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalashga xizmat qilgan;
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida o‘qitiladigan
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” blokining o‘quv kontentini takomillashtirishda ijtimoiy-aksiologik ehtiyojlar dinamikasiga muvofiq milliy-maʼnaviy,
kasbiy-axloqiy, huquqiy-demokratik hamda gumanistik qadriyatlarga tayanishning uzviy va uzlyuksizligi (o‘quv kontentining tizimliligi)ni taʼminlash taklifi orqali
“Yangi O‘zbekistonda ofiser-pedagogga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar” nomli o‘quv qo‘llanmadan o‘quv jarayonida keng foydalanib kelinmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2023-yil 29-avgustdagi 173-son buyrug‘iga asosan berilgan guvohnoma). Natijada ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘z ustida mustaqil ishlashi orqali kasbiy kompetentliligini oshirishga erishilgan.