Xudayberdiev Eliboy Norboevichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirishga kompleks yondashuv (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped181.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti Ilmiy maslahatchi: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.FM.82.04
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulomjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Karlibaeva Guljahon Ermakbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida Yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini kompleks yondashuv asosida takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning yadro fizikasiga oid mantiqiy, kreativ fikrlashini rivojlantirish bosqichlari va kasbiy tayyorgarlik darajalari fanlararo, tarixiylik, dialektik tahlil, ilmiylik yondashuvlariga va yadroviy bilimlarni asrash va rivojlantirish bo‘ʻyicha mahalliy hamda xorijiy tajribalarning didaktik integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirishga kompleks yondashuvning metodik modeli maqsad, mazmun, texnologik jarayon va baholash bloklarini fanlararo integratsiya, umummetodologik tamoyillar, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyalarini sinxron modifikatsiyalash hamda didaktik talablarini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishda kompleks yondashuvning fanlararo integratsiya komponenti mazmuni nazariy, amaliy, laboratoriya hamda mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida tashqi, ichki hamda mashg‘ulotlararo bog‘lanishlarga va kognitiv topshiriqlar tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishda kompleks yondashuvning umummetodologik tamoyillar komponentining mazmuni va metodik ta’minoti tarixiylik, dialektik tahlil, ilmiylik talablarining mantiqiy bog‘liqligi hamda korrelyasion munosabatlarini tizimli muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishda kompleks yondashuvning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi komponenti metodik ta’minotining mazmuni yadroviy bilimlarning tog‘-kon sanoati, zamonaviy tibbiyot, energetika va ekologik ta’limda qo‘llanilishining kreativlik imkoniyatlarini tizimlashtirish va o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yadro fizikasi bo‘limini kompleks yondashuv asosida o‘qitish asosida ta’lim samaradorligini oshirish va bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning yadro fizikasiga oid mantiqiy, kreativ fikrlashini rivojlantirish bosqichlari va tayyorgarlik darajalari fanlararo, tarixiylik, dialektik tahlil, ilmiylik yondashuvlariga va mahalliy hamda xorijiy tajribalarning didaktik integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Fizika fakulteti Yadro fizikasi kafedrasida Xalqaro Atom Energiyasi Agentligining UZB0005 “O‘zMU va SamDU larda yadro fizikasi fanini o‘qitish samaradorligini oshirish” mavzusidagi loyihani bajarishda va “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari” bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMUning 19.06.2023-yildagi № 04/11-3793-raqamli ma’lumotnomasi) (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 30.07.2024 – yildagi № 11-05-3891/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning Yadro fizikasi bo‘limini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirishga kompleks yondashuvning modelini maqsad, mazmun, texnologik jarayon va baholash bloklarini fanlararo integratsiya, umummetodologik tamoyillar, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyalarini sinxron modifikatsiyalash hamda didaktik talablarni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan YoA5-XT-1-31884–raqamli “Innovatsion texnologiyar sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 18.06.2022-yildagi № 01-20-08/820-raqamli ma’lumotnomasi) (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 30.07.2024 – yildagi № 11-05-3891/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishda kompleks yondashuvning fanlararo integratsiya komponenti mazmunini nazariy, amaliy, laboratoriya hamda mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida tashqi, ichki hamda mashg‘ulotlararo bog‘lanishlarga va kognitiv topshiriqlar tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish, yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishda kompleks yondashuvning umummetodologik tamoyillar komponentining mazmunini va metodik ta’minotini tarixiylik, dialektik tahlil, ilmiylik talablarining mantiqiy bog‘liqligini hamda korrelyasion munosabatlarni tizimli muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar “Atom fizikasi” nomli darslik (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 – yil 27 – dekabrdagi 485 – son buyrug‘i. Guvohnoma №342721) hamda “Umumiy fizika. Atom va yadro fizikasidan masalalar to‘plami”, “Umumiy fizika (Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi) dan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanmalarning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i) (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 30.07.2024 – yildagi № 11-05-3891/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari va ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalari rivojlanishiga hamda yosh avlodda yangicha ilmiy tafakkurni shakllantirishga erishilgan;
yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishda kompleks yondashuvning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi komponenti metodik ta’minotining mazmunini yadroviy bilimlarning tog‘-kon sanoati, zamonaviy tibbiyot, energetika va ekologik ta’limda qo‘llanilishining kreativlik imkoniyatlarini tizimlashtirish va o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zR FA Yadro fizikasi institutida bajarilgan AM-PZ-2001962031-sonli ““Yadro enegretikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyalari”, “Radiatsion tibbiyot va texnologiya” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediali darsliklar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA Yadro fizikasi institutining 08.08.2023-yildagi № 32-2115-579-raqamli ma’lumotnomasi) (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 30.07.2024 – yildagi № 11-05-3891/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida yadro fizikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga hamda bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishga erishilgan.