Ibadullaev Aydos Abdullaevichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda fizikaning “Mexanika” bo‘limini interfaol o‘qitishning metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8186.
Ilmiy rahbar: Matjanov Nurjan Sultamuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizikaning “Mexanika” bo‘limini interfaol  texnologiyalar asosida o‘qitishning nazariy ilmiy asoslarini ishlab chiqish, amaliy mexanizmlarini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish orqali talabalarning bilim sifatini hamda analitik fikrlash qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
fizikani o‘qitishda talabaning mustaqil ijodiy fikrlashi va tashkiliy-tuzilmaviy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik-didaktik asoslar birinchi bor interfaol texnologiyalar va innovatsion ta’lim yondashuvlari integratsiyasi asosida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Bunda raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar va adaptiv ta’lim modellarining fizikani o‘qitish jarayoniga ta’siri tizimli tahlil qilindi;
talabalarning kasbiy faolligini rivojlantiruvchi didaktik model yangicha yondashuv asosida real ta’lim amaliyotidan olingan tamoyillar, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini aks ettiruvchi yangi tarkibiy elementlar (kreativlik, refleksiv tahlil, kognitiv moslashuvchanlik, muammoli vaziyatlarni hal qilish, digital literacy) kiritildi hamda ularning bosqichma-bosqich integrallashuv mexanizmlari ishlab chiqildi.
“mexanika” bo‘limini o‘qitish metodikasi yangi pedagogik texnologiyalar va fan-texnika yutuqlari asosida takomillashtirishda noan’anaviy ta’lim shakllari (flipped classroom, gamifikatsiya, STEAM-integratsiya), sensorli o‘lchash qurilmalari (Arduino, Vernier, Pasco dataloggerlari), simulyasion platformalar (OpenSim, Algodoo) bilan boyitilgan metodika yaratilgan bo‘lib, u talabalarning fenomenologik bilimlari, eksperimental malakalari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik imkoniyatlarni kengaytirdi.
fizika fani bo‘yicha talabalarning kompetensiyalarini baholash va rivojlantirishning uzviy, uzlyuksiz va ilmiy asoslangan modeli nostandart test topshiriqlari (kompetensiyaga yo‘naltirilgan keystestlar, diagnostik vaziyatlar, amaliy holatlar); raqamli baholash mexanizmlari (onlayn monitoring, learning-analytics); o‘z-o‘zini baholash va refleksiv tahlil komponentlari kiritildi va ular pedagogik, metodik hamda didaktik tamoyillar asosida qayta strukturalashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikaning “Mexanika” bo‘limini interfaol texnologiyalar asosida o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fizikani o‘qitish talabaning mustaqil ijodiy fikrlashi, tashkiliy-tuzilmaviy  komponentlarining metodik-tuzilmaviy didaktik asoslari va interfaol texnologiyalar  integrasiyasi innovatsion texnologiyalar definisiyasi asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Fizika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli bo‘yrug‘i asosida berilgan 438408 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, fizikani interfaol o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy faolligini belgilovchi didaktik model tasavvurlar, real ta’lim amaliyoti tamoyillari xususiyatlari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy, shaxsiy kompetensiyalariga oid maxsus elementlarini kiritish va refleksiv hamda kognitiv fazilatlarga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 6 noyabrdagi 11-05-6350/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish modelini takomillashtirish imkonini yaratgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limining mavzularini o‘qitish metodikasi talabalarning fenomenologik nazariy bilim, amaliy ko‘nikma hamda eksperimental malakalarini rivojlantirishga qaratilgan noan’anaviy o‘qitish jarayonlarining  didaktik imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli bo‘yrug‘i asosida berilgan 438408 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida fizikaning “Mexanika” bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
fizika fani bo‘yicha talabalarning kompetensiyalari uzviylik, uzlyuksizlik,  onglilik, ilmiylik, pedagogik, metodik hamda didaktik tamoyillarga tayangan holda  nostandart test topshiriqlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 6 noyabrdagi 11-05-6350/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika fani bo‘yicha talabalarning mustaqil fikrlash, fanga oid tayanch kompetensiyalari rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish