Arziev Shinabat Abdiraxmanovich
falsafa fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2961.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urinbaevich pedagogika fanlari doktori, dotsent;
Nurishov Darmenbay Esnazarovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nizamiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish orqali ta’lim klasteri muhitida o‘qitish-tarbiyalash jarayonini takomillashtirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish asoslari, kreativ fikrlash, o‘z faoliyatini innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy asosida tashkil etish mazmuni hamda kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari va determinantlari, mazmuni tahlil qilinib, jismoniy tarbiya ta’lim tizimidagi islohotlar davrida sohada pedagogik kadrlar tayyorlash bosqichlarida tashkiliy-uslubiy faoliyatining tahliliy va tadqiqiy xususiyatlari va amaliyotdagi holati aniqlashtirilgan;
ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari, kreativ yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning qiyoslash, individual va funksional xususiyatlarini hisobga olish kabi determinantlarga ustuvorlik bergan holda tahlil qilingan va didaktik talablari belgilangan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya oqituvchilarining jismoniy tayyorgarligini, shaxsiy va kasbiy ko‘nikmalarini, shuningdek, pedagogik yondashuvlarga integratsiyalashi asosida kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli ta’lim-tarbiya strategiyalarini muntazam maqsadli qo‘llash, samaradorlik bloklari funksiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirish va ta’lim klasteri muhitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ta’lim klasteri muhitida kreativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmining zamonaviy ta’lim texnologiyalari, uning eksperimental darajasi, baholash mezonlari, strategiyalari, kontekstual omillari, ta’lim uslublari va o’z salohiyatini to’liq ro’yobga chiqaruvchi pedagogik mexanizmlar va innovatsion ta’lim jarayonida interfaol usullarni nostandart vaziyatlarda qo’llash asosida kreativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xulosalar hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetenligini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik omillari jismoniy tarbiya o‘qitish metodikasini ta’lim klasteri muhitida talabalarning jismoniy tarbiya faniga oid bilimlari va ularning fundamental asoslarini kasbiy motivatsiyaning yuqori darajasida ta’limiy modellashtirish va loyihalashtirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan oliy ta’lim talabalari uchun “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Guliston davlat universitet rektorining 2023-yil 30-martdagi 39-son buyrug‘i, 39-09-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarda kreativ kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modeli ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalarni muvofiqlashtirish orqali nazariy-metodologik komponentlar bilan mazmunli jarayonli hamda tashkiliy-metodik bloklarni kognitiv, faoliyatga doir adaptiv usullarda talabalar kreativ faoliyatining ijobiy dinamikasiga barqaror erishish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 6-dekabrdagi 363-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kreativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va didaktik ta’minotini takomillashtirish jarayonlariga xizmat qilgan;
klaster muhitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy bilim va malakalariga qo‘yiladigan umumlashma talablar ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogik faoliyat mazmuni va uning kognitiv, konstruktiv-prognostik, tashkiliy-texnologik funksiyalariga kreativlik kompetensiyalari aspektida emperik va pragmatik jihatdan maqsadli yoʻnaltirish asosida hamda klaster muhitida tabiiy fanlarni integrativ asosda o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodlarini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan individual-ijodiy qo‘llash hamda bo‘laja jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kreativ kompetentligi rivojlanganligining funksional va tizimli kasbiy ta’minoti interaktiv muhitda davriy monitoringli munosabatda takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim talabalari uchun “Sport oyınları” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, 621527-raqamli guvohnoma). Natijada, kreativ kompetentlikni rivojlantirishga doir jismoniy tarbiya fanlarida o‘quv materiallari bilan boyitishga xizmat qilgan.