Lutfullaeva Shoxistaxon Ilyasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston kompozitorlari I.Akbarov va R.Abdullaev ijodida sonorizm», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/San110.
Ilmiy rahbar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Tursunova Gulshanoy Artikovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Mullajonov Davlat Mavlonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kompozitorlari I.Akbarov va R.Abdullaevlar ijodida sonorizmning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston kompozitorlari I.Akbarov va R.Abdullaev ijodida akkordlarning vertikal bo‘yoqdorlik kabi sonorizm masalalariga oid tamoyillari va kompozitorlar tomonidan fonizmni kuchaytirish maqsadida tanlangan sonor garmoniyaning eng boy bo‘yoq-fonik imkoniyatlaridan foydalanganligi aniqlangan;
tonal va modal garmoniyaning poydevori hisoblanmish sonorizm hodisasining I.Akbarov va R.Abdullaevlar  tomonidan qo‘llanilgan garmonik akkordlarning koloristik juhatlari organ punkti negizida bifuksional mutanosibliklar bilan sonor vositalari orqali kuchaytirilib yaratilganligi, muayyan makoniy-tovush darajasini musiqada shakllantirishi isbotlangan; 
I.Akbarov va R.Abdullaev asarlarida polidiatonik hosilalar ko‘rinishidagi politonalliklarning qo‘llanilganligi, tonal va modal garmoniyaning in’ikosi bo‘lmish  akkordika sohasida murakkab sonorli vertikal majmualar beqiyosligi, ularning turli alteratsiyalangan dissonanslar, asosiy va yondosh pog‘onalar ohangdoshliklari, polifunksional akkordlardan foydalanish bilan bog‘liq rang-barangligi asoslangan; 
I.Akbarov va R.Abdullaevlar tomonidan qo‘llaniladigan modulyasiyalarda o‘ziga xos uslubiy usullar o‘z ifodasini topganligi; ovoz yo‘nalishida ohangli izchillikni erkin boshqarish imkonini beruvchi melodik, melodik-garmonik, taqqoslama va engarmonik modulyasiyalarni uyg‘unlash usullari yangi uslub sifatida qo‘llanilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston kompozitorlari I.Akbarov va R.Abdullaev ijodida sonorizm”tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston kompozitorlari I.Akbarov va R.Abdullaev ijodida akkordlarning vertikal bo‘yoqdorlik kabi sonorizm masalalariga oid tamoyillari va kompozitorlar tomonidan fonizmni kuchaytirish maqsadida tanlangan sonor garmoniyaning eng boy bo‘yoq-fonik imkoniyatlaridan foydalanganligi  O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-07/08-192-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh bastakorlar va musiqashunoslar O‘zbekiston kompozitorlari, xususan R.Abdullaev ijodida bo‘yoq-fonik imkoniyatlari xususida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lgan;
tonal va modal garmoniyaning poydevori hisoblanmish sonorizm hodisasining I.Akbarov va R.Abdullaevlar  tomonidan qo‘llanilgan garmonik akkordlarning koloristik juhatlari organ punkti negizida bifuksional mutanosibliklar bilan sonor vositalari orqali kuchaytirilib yaratilganligi, muayyan makoniy-tovush darajasini musiqada shakllanishi “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Notadagi taqdirlar” eshittirishining ssenariysida foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 04-36-1147-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarda I.Akbarov va R.Abdullaev ijodida qo‘llagan sonor-garmonik figuratsion akkordlar qo‘llanilishi xususida ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
I.Akbarov va R.Abdullaev asarlarida polidiatonik hosilalar ko‘rinishidagi politonalliklarning qo‘llanilganligi, tonal va modal garmoniyaning in’ikosi bo‘lmish  akkordika sohasida murakkab sonorli vertikal majmualar beqiyosligi, ularning turli alteratsiyalangan dissonanslar, asosiy va yondosh pog‘onalar ohangdoshliklari, polifunksional akkordlardan foydalanish bilan bog‘liq rang-barangligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 01-07/09-195-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh kompozitor va musiqashunoslar O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyotida sonor-garmonik akkordning tuzilishi, tovush balandligi xususida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan taassurotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
I.Akbarov va R.Abdullaevlar tomonidan qo‘llaniladigan modulyasiyalarda o‘ziga xos uslubiy usullar o‘z ifodasini topganligi; ovoz yo‘nalishida ohangli izchillikni erkin boshqarish imkonini beruvchi melodik, melodik-garmonik, taqqoslama va engarmonik modulyasiyalarni uyg‘unlash usullari yangi uslub sifatida qo‘llanilishi “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi” tomonidan 27-28 iyun kunlari II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida I.Akbarov va R.Abdullaev garmoniyasi” mavzusida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: Muammo va echimlar” nomli ilmiy amaliy konferensiya dasturida foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2024 yil 11 noyabrdagi 01-12/625-son ma’lumotnomasi). Natijada konferensiya ishtirokchilarining I.Akbarov va R.Abdullaev asarlarida polidiatonik hosilalar ko‘rinishida politonalliklarning yuzaga kelishi haqida yangi ilmiy maʼlumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish