Karimova Nazokat Abduvarisovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Muqimiy va o‘zbek musiqa san’atining rivoji», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/San189.
Ilmiy rahbar: Yunusov Ravshan Yusupovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimxodjaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muqimiy ijodiy merosi orqali XIX asr madaniyatida musiqaga oid masalalarni, o‘zbek musiqa madaniyatida Muqimiy ijodining qirralarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muqimiy ijodiy merosi va uning zamondosh san’atkorlari – hofiz, sozanda hamda bastakorlarning faoliyati doirasida yaratilgan “Bayot”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Navo”dan tashqari “Ko‘cha bog‘i”, “Gulyor”, “Kurt” kabi musiqiy namunalar mavjudligi aniqlangan;
Muqimiy she’riyatidagi musiqiy atamalardan – savt, navosanju, nag‘masaro, ruhavzo xonish, cholg‘ulardan – setor, tanbur, qonun, dutor, ruhafzo hamda maqomlardan – Bayot, Ushshoq, Gulyor kabilar ijrochilik amaliyotida foydalanilganligi ilk bor aniqlangan;
O‘zbekiston bastakorlari tomonidan ijod qilingan Faxriddin Sodiqov “Ey chehrasi tobonim”, To‘xtasin Jalilov “Ol xabar”, Fattohxon Mamadaliev “Ayrilmasun”, Furat Bobojonov “Ey yori jonim” – Dugoh va Chorgoh pardasi, ya’ni ohang tizimi, ritmik tuzilishi va ijro uslubi nuqtayi nazaridan Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga yaqin ekanligi dalillangan;
Muqimiy siymosi musiqali drama, maqom spektakli va kino san’ati kabi janrlarda musiqiy asarlarda usul-ritmning murakkabligi, ijro uslubi mukammalligi, diapazon kengligi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga to‘g‘ri taqsimlanishi kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Muqimiy va o‘zbek musiqa san’atining rivoji” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Muqimiy ijodiy merosi va uning zamondosh san’atkorlari – hofiz, sozanda hamda bastakorlarning faoliyati doirasida yaratilgan “Bayot”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Navo”dan tashqari “Ko‘cha bog‘i”, “Gulyor”, “Kurt” kabi musiqiy namunalar mavjudligi “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi”ning sho‘ba majlislarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2023-yil 17-noyabrdagi 01-04/116-197-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh bastakor va musiqashunoslar Muqimiyning ijodiy merosi hamda uning mumtoz musiqa tizimidagi muhim o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishga erishilgan;
Muqimiy she’riyatidagi musiqiy atamalardan – savt, navosanju, nag‘masaro, ruhavzo xonish, cholg‘ulardan – setor, tanbur, qonun, dutor, ruhafzo hamda maqomlardan – Bayot, Ushshoq, Gulyor kabilar ijrochilik amaliyotida foydalanilganligi “Madaniyat va ma’rifat” telekanal ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Avjida” ko‘rsatuvining “O‘zbek musiqasida Tanavorlarning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali, davlat muassasasi 2025-yil 21-yanvardagi 01-16/13-son ma’lumotnomasi). Pirovardida tomoshabinlarning badiiy saviyasini yuksaltirishda, mavzuni samarali targ‘ib etishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston bastakorlari tomonidan ijod qilingan Faxriddin Sodiqov “Ey chehrasi tobonim”, To‘xtasin Jalilov “Ol xabar”, Fattohxon Mamadaliev “Ayrilmasun”, Furat Bobojonov “Ey yori jonim” – Dugoh va Chorgoh pardasi, ya’ni ohang tizimi, ritmik tuzilishi va ijro uslubi nuqtayi nazaridan Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga yaqin ekanligiga oid ma’lumotlar “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi” tomonidan 2024-yil 28-fevral kuni Buxoro viloyati Buxoro davlat universitetida Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining konsert dasturida foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2024-yil 26-martdagi 01-12/118-son ma’lumotnomasi). Natijada konsert tinglovchilari Muqimiy merosi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lishgan;
Muqimiy siymosi musiqali drama, maqom spektakli va kino san’ati kabi janrlarda musiqiy asarlarda usul-ritmning murakkabligi, ijro uslubi mukammalligi, diapazon kengligi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga to‘g‘ri taqsimlanishi kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilganiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 18-apreldagi 02-11-17-1201-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh tadqiqotchi, pedagog-xodimlar yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish