Inogamov Donat Djuraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida O‘zbekiston simfonik orkestr madaniyati», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/San66.
Ilmiy rahbar: Galushenko Irina Georgievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Tashmatova Azatgul Raximovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ganieva Lola Muxsindjanovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida milliy simfonik orkestri, O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri, Yoshlar simfonik orkestri, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri, O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining Musiqiy teatr-studiyasining simfonik orkestri kabi yetakchi ansambllar faoliyati asosida simfonik orkestr madaniyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqiy tembr, dinamika va sur’atlar orqali ifodalanuvchi uverturalar hamda syuitalar simfonik orkestr ijrochiligi jarayonida insonparvarlik g‘oyalari, vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yuksak badiiy darajada tarannum etishi, ushbu jarayonda ijrochi va dirijyor o‘rtasidagi ijodiy aloqadorlik musiqaning mazmuniy boyligini ochib beruvchi, emotsional ifodaning chuqurligini ta’minlovchi psixologik asoslar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi dalillangan;
simfonik orkestrlar tarkibiy qismlarning turli xil repertuar yaratish texnikasi ijro jarayonining ko‘p qatlamli tuzilishiga asoslangan orkestr ijrochilik tizimining sintezli tabiatidan kelib chiqqan holda konsert-ijro, ijtimoiy-kommunikativ, integratsiyaviy-mashq va interpretativ-ijodiy funksiyalar bilan mazmun jihatdan o‘zaro bog‘liq ekanligi dalillangan;
filarmonik va teatr simfonik orkestrlarining rivojlanishi madaniy taraqqiyot jarayonining badiiy ehtiyoj va estetik talabiga ko‘ra professional ijrochilik amaliyotining repertuar asosida shakllanish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
O‘zbekiston simfonik orkestr madaniyatining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zamonaviy musiqa madaniyati rivojlanishida simfonik orkestrlarning intensiv konsert faoliyatini baholash natijalariga ko‘ra orkestr guruhlarining milliy va jahon musiqiy an’analarini uyg‘unlashtirishdagi o‘ziga xosligi sababli amaliy ijro tajribasi ilmiy ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston simfonik orkestr madaniyatini” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
musiqiy tembr, dinamika va sur’atlar orqali ifodalanuvchi uverturalar hamda syuitalar simfonik orkestr ijrochiligi jarayonida insonparvarlik g‘oyalari, vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yuksak badiiy darajada tarannum etishi, ushbu jarayonda ijrochi va dirijyor o‘rtasidagi ijodiy aloqadorlik musiqaning mazmuniy boyligini ochib beruvchi, emotsional ifodaning chuqurligini ta’minlovchi psixologik asoslar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan kompozitorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021-yil 19-oktyabrdagi 01-04/118-201-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kompozitorlar, musiqashunoslar, o‘quvchilar, lisey va kollejlar, musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatiga bag‘ishlangan dissertatsiya materiallari asosida tadqiqotning ilmiy konsepsiyasiga mos keladigan ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
simfonik orkestrlar tarkibiy qismlarning turli xil repertuar yaratish texnikasi ijro jarayonining ko‘p qatlamli tuzilishiga asoslangan orkestr ijrochilik tizimining sintezli tabiatidan kelib chiqqan holda konsert-ijro, ijtimoiy-kommunikativ, integratsiyaviy-mashq va interpretativ-ijodiy funksiyalar bilan mazmun jihatdan o‘zaro bog‘liq ekanligi O‘zbekiston milliy teleradiokompzniyasi “O‘zbekiston 24” telekanalining 2022-yil 27-apreldagi “O‘zbekiston yoshlari” dasturi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompzniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 5-maydagi №03-09-251-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ishtirokchilari va teletomoshabinlarida musiqiy tarbiyalashga qaratilgan Open Air konsertlari ahamiyati musiqiy qadriyatlar va dunyo madaniyatlari bilan bog‘liq angi ilmiy maʼlumotlarga ega bo‘lishlariga erishgan;
filarmonik va teatr simfonik orkestrlarining rivojlanishi madaniy taraqqiyot jarayonining badiiy ehtiyoj va estetik talabiga ko‘ra professional ijrochilik amaliyotining repertuar asosida shakllanish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan kompozitorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021-yil 19-oktyabrdagi 01-04/118-201-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda zamonaviy O‘zbekiston kompozitorlarining simfonik orkestrlar tomonidan musiqiy ijrochiligi xususida qiziqarli ma’lumotlar va muayyan taassurotlar shakllangan;
O‘zbekiston simfonik orkestr madaniyatining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zamonaviy musiqa madaniyati rivojlanishida simfonik orkestrlarning intensiv konsert faoliyatini baholash natijalariga ko‘ra orkestr guruhlarining milliy va jahon musiqiy an’analarini uyg‘unlashtirishdagi o‘ziga xosligi sababli amaliy ijro tajribasi ilmiy ahamiyatga ega ekanligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri orkestrida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 10 fevraldagi 01-11-05-264-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomo-shabinlarda zamonaviy O‘zbekiston kompozitorlarining simfonik orkestrlar tomonidan madaniyati sifatini oshirishga simfonik orkestrlarning qizg‘in konsert faoliyati yuksak samaralar berisini haqida qiziqarli ma’lumotlar va muayyan taassurotlarga ega bo‘lgan.