Azamova Munadjat Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek-hind musiqa merosida Bobur va boburiylar ijodining ahamiyati va o‘zbek maqomotidagi o‘rni», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/San42.
Ilmiy rahbar: Begmatov Soyibjon Mahmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunova Gulshanoy Artikjanovna, san’atshunoslik fanlari doktor, dotsent; Raximov Botir Matyakubovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek-hind musiqiy merosida Bobur va boburiy (Humoyun va Akbar shoh)lar davri madaniyatini, musiqa san’ati rivojini janrlar va cholg‘ular kesimida baholash, uning Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari musiqa ilmining tadrijiy rivojlanishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bobur Devonidagi g‘azal va ruboiylarda “Duvozdahmaqom” va olti ovozalar:  Safoxon, Navo, Buzurg, Iroq, Rohaviy, Rost, Zangula, Ushshoq, Zerafkand, Busalik, Husayniy, Hijoz saroy musiqiy an’analarida mavjud bo‘lganligi, Boburnomada esa “Savti Chorgoh”, “Rosti Panjgoh” asarlarini bastalaganligi dalillangan;
boburiylar davri saroy musiqa an’analari, xususan davr musiqachilari va sozandalari ikki xalqqa mansub uyg‘unlik jihatlarini aks ettirgani, temuriylar davrida ham saroy musiqiy guruhlari sifatida faoliyat yuritgan “mehtar”lar Bobur saroyida ham saqlanib qolingani aniqlangan;
boburiylar davri ijrochilik amaliyotida mavjud bo‘lgan musiqa cholg‘ularidan Kashmir rababining dastasi, kosaxona, xarrak, pardabandi va an’anaviy o‘zbek afg‘on rubobining shakli, diapazoni, parda va xaspardalar kabilarning tuzilishidagi mushtarak mavjudligi dalillangan;
boburiylar sulolasi hukmronligi davrida o‘zbek va hind xalq musiqalarining uyg‘unlashuvi natijasida hind ijrochilik amaliyotida yangi musiqiy janrlardan dhrupad, khayal yuzaga kelgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek-hind musiqa merosida Bobur va boburiylar ijodining ahamiyati va o‘zbek maqomotidagi o‘rni” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bobur Devonidagi g‘azal va ruboiylarda “Duvozdahmaqom” va olti ovozalar:  Safoxon, Navo, Buzurg, Iroq, Rohaviy, Rost, Zangula, Ushshoq, Zerafkand, Busalik, Husayniy, Hijoz saroy musiqiy an’analarida mavjud bo‘lganligi, Boburnomada esa “Savti Chorgoh”, “Rosti Panjgoh” asarlarini bastalaganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida “Ijodimiz senga Vatan” turkumi doirasida o‘tkazilgan tadbirda foydalinilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2023-yil 17-noyabr 01-04/117-198-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbir ishtirokchilari Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy asarlarida mavjud musiqiy ma’lumotlar, musiqa ilmiga oid yaratilgan risolasi xususida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lgan; 
boburiylar davri saroy musiqa an’analari, xususan davr musiqachilari va sozandalari ikki xalqqa mansub uyg‘unlik jihatlarini aks ettirgani, temuriylar davrida ham saroy musiqiy guruhlari sifatida faoliyat yuritgan “mehtar”lar Bobur saroyida ham saqlanib qolingani, qolaversa maqom san’ati hamda an’anaviy musiqaga qaratilgan yuksak e’tibor kabi jarayonlar O‘zbek milliy maqom san’ati markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab shoir g‘azallari bilan ijro etiladigan eng yaxshi qo‘shiqlar tanlovida Zahiriddin Muhammad Bobur va uning ijodi, adabiyot, musiqa sohalarida amalga oshirgan ishlari xususida olingan xulosalar ssenariyda foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2023-yil 16-noyabrdagi 139-son ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilar sermazmun va barakali ijodi bilan jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridagi musiqiy iboralar, tushunchalar, atamalar bilan tanishish va mazkur sohadagi bilimlarini kengaytirishga ega bo‘lishgan;
boburiylar davri ijrochilik amaliyotida mavjud bo‘lgan musiqa cholg‘ularidan Kashmir rababining dastasi, kosaxona, xarrak, pardabandi va an’anaviy o‘zbek afg‘on rubobining shakli, diapazoni, parda va xaspardalar kabilarning tuzilishidagi mushtarak mavjudligi xususida olingan natijalar Yunus Rajabiy nomidagi O‘ZMMSI bajarilgan 2024-yilga mo‘ljallangan ALM 202403110255-son loyiha bo‘yicha Davlat ilmiy-texnik dasturi “Pedagogika va psixologiya fanlari” yo‘nalishi doirasidagi Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun brayl alifbosida “Solfedjio” hamda “Musiqa nazariyasi” fanlaridan multimedia mahsulotlari majmuini yaratish” nomli amaliy grant doirasida foydalanilgan (Yunus Rajabiy nomidagi O‘ZMMSIning 2025-yil 5-noyabrdagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar jahon tarixi, madaniyati, adabiyot, san’at ravnaqiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk shohning “shoh” asari Boburnomada ko‘plab sohalar qatori o‘sha davr madaniy muhiti va undagi musiqiy qarashlar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lgan;
boburiylar sulolasi hukmronligi davrida o‘zbek va hind xalq musiqalarining uyg‘unlashuvi natijasida hind ijrochilik amaliyotida yangi musiqiy janrlardan dhrupad, khayal yuzaga kelgani O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tanlovi ssenariyda foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2023-yil 16-noyabrdagi 139-son ma’lumotnomasi). Natijada musiqashunos va musiqa ixlosmandlari uchun hind va musulmon xalq musiqasida yangi musiqiy janrlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish