Xalilova Gulira’no Xolmurot qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali avtoturargohlarning xizmat sifatini oshirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Samatov Rustam Gaffarovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ro‘zimov Sanjarbek Komilovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda transport oqimi harakatini samarali boshqarish orqali avtoturargohlarning xizmat sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududga kirib keluvchi avtomobillar soni va almashinuvchanlik darajasini inobatga olgan holda avtoturargohga bo‘lgan ehtiyojni baholashning matematik modeli korrelyasion tahlil asosida ishlab chiqilgan;
real ekspluatatsiya sharoitida haydovchi qaroriga ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyat darajasini hisobga olgan holda, maqbul avtoturargoh tanlash mezoni regressiya tahlili asosida ishlab chiqildi;
ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regression tenglama yordamida avtoturargohdan foydalanish narxi, borish masofasi va yuklanganlik darajasini inobatga olgan holda transport oqimi taqsimotini muvozanatlash uslubi ishlab chiqilgan;
eksperimental va sistematik kuzatuv ma’lumotlarini integrallashgan algoritm asosida avtoturargoh infratuzilmasida foydalanilgan intellektual transport tizimlarini samaradorligini baholash uslubi obektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillariga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali avtoturargohlarning xizmat sifatini oshirish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hududga kirib keluvchi avtomobillar soni va almashinuvchanlik darajasini inobatga olgan holda avtoturargohga bo‘lgan ehtiyojni baholashning matematik modeli “Uzavtovokzal Servis” MChJ korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 8-maydagi №4/E651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtoturargoh o‘rinlaridan foydalanish samaradorligini 15–20 % ga oshirish, ortiqcha yuklanish holatlarini 30 % ga kamaytirish imkonini bergan. 
real ekspluatatsiya sharoitida haydovchi qaroriga ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyat darajasini hisobga olgan holda, avtoturargoh tanlash mezoni “Uzavtovokzal Servis” MChJ korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 8-maydagi №4/E651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, haydovchilarning avtoturargoh tanlash jarayonida real qaror qabul qilish omillarini (narx, masofa, xavfsizlik, to‘ldirilganlik darajasi, kirish–chiqish qulayligi) inobatga olinishi orqali avtoturargoh qidirishdagi vaqt 2.6 baravarga, avtoturargohdan joy qidirish vaqti esa 3.5 baravarga qisqarishiga erishilgan. Shuningdek, atrof -muhitga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorining 1.4 % ga qisqarishi ta’minlangan.
avtoturargoh tanlash mezonidan foydalangan holda bir nechta avtoturargohlar o‘rtasida transport oqimi taqsimotini muvozanatlash uslubi “Uzavtovokzal Servis” MChJ korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 8-maydagi №4/E651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kunlik tirbandlikning shakllanish vaqtini 6–14 daqiqaga qisqartirish, avtoturargohlarning to‘lganlik ko‘rsatkichini esa o‘rtacha 15-20 % ga oshirish imkonini bergan.
avtoturargoh infratuzilmasida foydalanilgan intellektual transport tizimlarini samaradorligini baholash uslubi “Uzavtovokzal Servis” MChJ korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025-yil 8-maydagi №4/E651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, haydovchilar uchun avtoturargoh qidirish vaqtini 71,4 % ga hamda kutish va kirish-chiqish vaqtini esa 61,5 % ga qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish