Murodqosimov Ravshanbek Xolmamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025.3.PhD/T3906
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Atajanov Gapur Latipovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, professor. Axmedov A.X.
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  Xasanov J.N.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alyuminiy qotishmalarini gaz pechlarida suyuqlantirishda metallning oksidlanishini kamaytirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ADC 12 markali alyuminiy qotishmasiga yangi natriy asosidagi flyus qo‘shilish evaziga qotishma tarkibidagi g‘ovaklik miqdorini kamaytirish texnologiyasi natriy elementining vodorodga nisbatan aktivligi asosida takomillashtirilgan; 
ADC 12 markali alyuminiy qotishmasini suyuqlantirishda natriy ftor bilan ishlov berish texnologiyasi ftor elementining gazlarni biriktirish xossasi asosida takomillashtirilgan;
alyuminiy qotishmalarini gaz pechlari yordamida suyuqlantirishda alyuminiyning oksidlanishini kamaytiradigan texnologiyasi oksidlarning shlakga chiqarilish mexanizmi asosida ishlab chiqilgan;
 suyuq alyuminiy qotishmasini pech ichida suyuqlantirishning ikki bosqichli rejimi, suyuq metal vannasining chuqurligi va yuzasi parametrlarining ishlov berish modifikatori miqdoriga nisbatan ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasini pechdan tashqari ishlov berishda azot yordamida purkash texnologiyasi azotning kimyoviy aktivligi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gaz pechlariga alyuminiy shixtasini yuklashdan oldin uni dastlabki qizdirish rejimlari “O‘zAvtosanoat” AJ ga tegishli “Uz Auto-INZI” MChJ QKda joriy qilingan. (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 27.02.2025 yildagi 21/06-25-0371-sonli ma’lumotnomasi)  joriy qilish natijasida gaz sarfi 7-8% ga kamaygan.
Gaz pechlarida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda suyuq qotishma bilan qattiq metall orasidagi issiqlik almashinuvini meyorlash kanali “O‘zAvtosanoat” AJ ga tegishli “Uz Auto-INZI” MChJ QKda joriy qilingan. (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 27.02.2025 yildagi 21/06-25-0371-sonli ma’lumotnomasi) joriy qilish natijasida qizdirish kamerasidagi issiqlik yoqotish miqdori 10-11% ga kamaygan.
Alyuminiy qotishmalarini gaz pechlari yordamida suyuqlantirishda alyuminiy oksidlanishini kamaytiradigan texnologiya “O‘zAvtosanoat” AJ ga tegishli “Uz Auto-INZI” MChJ QKda joriy qilingan. (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 27.02.2025 yildagi 21/06-25-0371-sonli ma’lumotnomasi) joriy qilish natijasida alyuminiyning oksidlanishi sababli yoqotishlari 10-12% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish