Nizomiddinov Odiljon Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 20–30-yillarida Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy va madaniy jarayonlar (Farg‘ona viloyati davlat arxivi fondlari asosida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari), 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar866.
Ilmiy rahbar: Mustafaeva Nodira Abdullaevna tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Soyibjon Abdurazzaqovich, tarix fanlari doktori, professor, Norkobilov Tohir Xusanovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sovet hokimiyatining XX asrning 20–30-yillarida Farg‘ona viloyatida amalga oshirgan siyosati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarda erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar mazmun-mohiyati hamda ularning oqibatlarini arxiv hujjatlari asosida yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Farg‘ona viloyatida ocharchilikdan aziyat chekkan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qator oziq-ovqat punktlari va ijtimoiy muassasalar tashkil etilganligi, biroq oziq-ovqat resurslari taqchil bo‘lganligi, hududlar kesimida notekis taqsimlanganligi, ushbu jarayonda soliq va zakot yig‘imlari jalb etilganligi arxiv hujjatlari asosida dalillangan;
XX asrning 20-yillarida Farg‘ona vodiysida turli yuqumli kasalliklar avj olganligi, ularning tarqalishi nafaqat sanitar-gigeenik holat, balki hududda uzoq vaqt kechgan ocharchilik bilan ham bog‘liq bo‘lganligi, aholining majburiy emlashni joriy etilishihning dastlabki bosqichi sifatida xastaliklarni oldini olish va turli epidemiyalarga qarshi chora-tadbirlar qo‘llanilganligi, ayni jarayonlar g‘oyatda murakkab va ziddiyatli kechganligi isbotlangan;
Farg‘ona viloyatida bolalar va xotin-qizlar muammolarini hal qilishga qaratilgan siyosiy qarorlar mavjud imkoniyatlar bilan mos kelmaganligi, hukumat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida tashkil etilgan bolalar uylari va internatlar moddiy-texnik jihatdan etarli darajada ta’minlanmaganligi, etim va qarovsiz bolalar muammosi tubdan hal qilinmagani oqibatida, ularning ko‘p qismi uzoq muddatli ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lib qolganligi aniqlangan;
XX asrning 20–30-yillarida sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan madaniy siyosatning asosiy maqsadi aholining ongiga “sotsialistik madaniyat” g‘oyasini singdirishga qaratilganligi, madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida teatrlar, muzeylar, qizil choyxona, klub, kutubxona kabi muassasalardan tashviqot-targ‘ibot vazifasini bajaruvchi vosita sifatida foydalanilganligi va ayni jarayon Farg‘ona viloyati mahalliy aholisining madaniy hayotiga ta’sir ko‘rsatganligi arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “XX asrning 20–30-yillarida Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy va madaniy jarayonlar” (Farg‘ona viloyati davlat arxivi fondlari asosida) mavzusini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asrning 20-yillarida Farg‘ona vodiysida turli yuqumli kasalliklar avj olganligi, ularning tarqalishi nafaqat sanitar-gigeenik holat, balki hududda uzoq vaqt kechgan ocharchilik bilan ham bog‘liq bo‘lganligi, aholining majburiy emlashni joriy etilishihning dastlabki bosqichi sifatida xastaliklarni oldini olish va turli epidemiyalarga qarshi chora-tadbirlar qo‘llanilganligi, ayni jarayonlar g‘oyatda murakkab va ziddiyatli kechganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy maydon” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 6-maydagi 01-30-298-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvni mazmunan va ilmiy jihatdan boyitishga, samaradorligining ortishiga, teletomoshabinlarning bu boradagi bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
XX asrning 20-yillarida Farg‘ona vodiysida turli yuqumli kasalliklar avj olganligi, ularning tarqalishi nafaqat sanitar-gigeenik holat, balki hududda uzoq vaqt kechgan ocharchilik bilan ham bog‘liq bo‘lganligi, aholining majburiy emlashni joriy etilishihning dastlabki bosqichi sifatida xastaliklarni oldini olish va turli epidemiyalarga qarshi chora-tadbirlar qo‘llanilganligi, ayni jarayonlar g‘oyatda murakkab va ziddiyatli kechganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy maydon” ko‘rsatuvi ssenariysini ilmiy dalillar bilan mustahkamlash va mazmunan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 6-maydagi 01-30-298-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallardan foydalanish ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga tayangan holda yoritilishini ta’minlagan hamda yosh avlodda vatanparvarlik hissini yanada ortishiga xizmat qilgan;
Farg‘ona viloyatida bolalar va xotin-qizlar muammolarini hal qilishga qaratilgan siyosiy qarorlar mavjud imkoniyatlar bilan mos kelmaganligi, hukumat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida tashkil etilgan bolalar uylari va internatlar moddiy-texnik jihatdan etarli darajada ta’minlanmaganligi, etim va qarovsiz bolalar muammosi tubdan hal qilinmagani oqibatida, ularning ko‘p qismi uzoq muddatli ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lib qolganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondini yangi materiallar bilan to‘ldirishda, shuningdek, ushbu materiallar asosida ekspozisiyalarni boyitishda faol foydalanilgan (2025-yil 21-maydagi 04-051973-son dalolatnoma asosida). Taqdim etilgan ma’lumotlar muzeyning o‘lka tarixiga oid bo‘limlaridagi eksponatlarning boyitilishiga va ko‘rgazmalilik darajasini ortishiga xizmat qilgan;
XX asrning 20–30-yillarida sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan madaniy siyosatning asosiy maqsadi aholining ongiga “sotsialistik madaniyat” g‘oyasini singdirishga qaratilganligi, madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida teatrlar, muzeylar, qizil choyxona, klub, kutubxona kabi muassasalardan tashviqot-targ‘ibot vazifasini bajaruvchi vosita sifatida foydalanilganligi va ayni jarayon Farg‘ona viloyati mahalliy aholisining madaniy hayotiga ta’sir ko‘rsatganligi xususidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondining ilmiy va madaniy salohiyatini kengaytirishda hamda ekspozisiyalarni konseptual jihatdan boyitishda muhim manbalardan biri sifatida qo‘llanilgan (2025-yil 21-maydagi 04-051973-son dalolatnoma asosida). Natijada, taqdim etilgan ma’lumotlar sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan madaniy siyosatiga doir ko‘rgazmalarni boyitilishiga, tashrif buyuruvchilarning Vatan tarixi bo‘yicha bilimlarini yanada ortishiga xizmat qilgan.