Abduraxmanov Diyor Shukurullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin churralari va uning asoratlangan shakllarida xirurgik davoning taktik – texnik jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib920.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Rizaev E’zozbek Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Nazarov Shoxin Kuvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: ChA universiteti, Bundang tibbiyot markazi (Koreya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
taktik-texnik yondashuvlarni takomillashtirish va gernioplastika usulini tanlashni optimallashtirish orqali ventral churralarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gernioplastikadan keyingi davrda yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini intraabdominal gipertenziyaga moslashtirishga qaratilgan modifikatsiyalangan pnevmatik kamar-bandajdan foydalangan holda qorin old devori churrasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash usuli ishlab chiqilgan;
ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash uchun algoritm va ball shkalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, qorin old devorini rekonstruksiya qilishning texnik jihatlarini takomillashtirishi isbotlangan;
qorin old devorini tikishda ichi bo‘sh a’zoning tasodifan teshilishini oldini oluvchi qurilma ishlab chiqilgan (ixtiroga patent № IAP 7951);
rezeksiya talab etiladigan infeksiyalangan churra qopchasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek yirik churra nuqsonlari mavjud bo‘lganda qorin bo‘shlig‘i ichki bosimining ortiqcha ko‘tarilishi xavfini minimallashtirish bilan qorin old devori butunligini tiklash xususiyatlarini hisobga olgan holda qorin bo‘shlig‘i kompartment-sindromi rivojlanishining oldini olishga qaratilgan taranglashmagan gernioalloplastika usuli takomillashtirilgan;
ventral churralar gernioplastikasidan keyin bemorlarning hayot sifatini baholashning ixtisoslashtirilgan unifikatsiyalangan shkalasini ishlab chiqish uchun kundalik faoliyatning jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatlarini differensial baholash bilan klinik va instrumental parametrlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin churralari va uning asoratlangan shakllarida xirurgik davoning taktik – texnik jihatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/47-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: gernioplastikadan keyingi davrda yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini intraabdominal gipertenziyaga moslashtirishga qaratilgan modifikatsiyalangan pnevmatik kamar-bandajdan foydalangan holda qorin old devori churrasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sharof Rashidov tibbiyot birlashmasi (20.01.2024 y. 3-son buyrug‘i), Romitan tibbiyot birlashmasi (24.01.2024 y. 01/74-son buyruq), Qashqadaryo viloyat ftiziatriya shifoxonasi (23.01.2024 y. 10-T-son buyruq) va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2024 y. 12-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ventral churraning o‘lchami va joylashuvidan qat’i nazar, qorin bo‘shlig‘i bosimining oshishiga operatsiyadan oldingi moslashuvni yaxshilaydigan modifikatsiyalangan pnevmatik kamar-bandaj modeli operatsiyadan keyingi turli asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i bosimining oshishiga operatsiyadan oldingi moslashuvni yaxshilaydigan modifikatsiyalangan pnevmatik kamar-bandaj modeli bilan jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-8 kun uchun 3476500 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1056800 so‘m sarflanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkich 5456200 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: takomillashtirilgan pnevmobandajni qo‘llash ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash sifatini sezilarli darajada yaxshilash, gernioplastikadan keyin qorin ichi bosimining ortishi xavfini kamaytirish, bemorning ahvolini ertaroq yaxshilashga erishish va shunga mos ravishda operatsiyadan keyingi qorin bo‘shlig‘idan tashqari asoratlar chastotasini 7,4 foizdan 2,9 foizgacha pasaytirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash uchun algoritm va ball shkalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, qorin old devorini rekonstruksiya qilishning texnik jihatlarini takomillashtirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sharof Rashidov tibbiyot birlashmasi (20.01.2024 y. 3-son buyrug‘i), Romitan tibbiyot birlashmasi (24.01.2024 y. 01/74-son buyruq), Qashqadaryo viloyat ftiziatriya shifoxonasi (23.01.2024 y. 10-T-son buyruq) va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2024 y. 12-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash usulini tanlash uchun algoritm va ball shkalasi ishlab chiqildi. Bu esa jarrohlik aralashuvining optimal taktikasini aniqroq belgilash imkonini berdi, natijada qorin old devorini rekonstruksiya qilishning texnik jihatlari takomillashdi va operatsiyadan keyingi asoratlar soni kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash usulini tanlash uchun algoritm orqali bemorlarda miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1546500 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: ventral churralarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning takomillashtirilgan taktik va texnik jihatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy chastotasini 34,2 foizdan 8,2 foizgacha (r=0,045), shu jumladan jarohat asoratlarini 19,4 foizdan 3,7 foizgacha sezilarli darajada kamaytirdi. Shuningdek, gernioplastikaning turli variantlaridan keyin jarrohlik aralashuvi va reabilitatsiya davri davomiyligi ishonchli tarzda qisqardi. Operatsiyadan keyingi uzoq davrda ventral churraning qaytalanish chastotasi taqqoslash guruhidagi 15,0 foizdan asosiy guruhdagi 1,9 foizgacha kamaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin old devorini tikishda ichi bo‘sh a’zoning tasodifan teshilishini oldini oluvchi qurilma ishlab chiqilgan (ixtiroga patent № IAP 7951). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sharof Rashidov tibbiyot birlashmasi (20.01.2024 y. 3-son buyrug‘i), Romitan tibbiyot birlashmasi (24.01.2024 y. 01/74-son buyruq), Qashqadaryo viloyat ftiziatriya shifoxonasi (23.01.2024 y. 10-T-son buyruq) va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2024 y. 12-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qorin old devorini tikish paytida ichi bo‘sh a’zoning tasodifan teshilishini oldini oluvchi patentlangan moslama qo‘llanilishi jarrohlik aralashuvlarining xavfsizligini oshirishi va operatsiya davomida ichki a’zolarning shikastlanish xavfini kamaytirishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qorin old devorini tikish paytida ichi bo‘sh a’zoning tasodifan teshilishini oldini oluvchi patentlangan moslama qo‘llanilishi odatda umumiy o‘rtacha 314000 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qorin old devorini tikishda qorin bo‘shlig‘i kovak a’zolarining tasodifiy shikastlanishini oldini oluvchi ishlab chiqilgan qurilmani qo‘llash asosiy guruhdagi bemorlarda ushbu asoratlarni butunlay bartaraf etdi, taqqoslash guruhida esa ularning chastotasi 1,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, qurilmadan foydalanish protezni tikish va mahkamlash bosqichining texnik murakkabligini kamaytirishga yordam berdi, bu esa ushbu operatsiyani bajarish vaqtini 32,6 ± 0,5 daqiqadan 23,4 ± 0,7 daqiqagacha ishonchli tarzda qisqartirdi (R<0,001).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: rezeksiya talab etiladigan infeksiyalangan churra qopchasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek yirik churra nuqsonlari mavjud bo‘lganda qorin bo‘shlig‘i ichki bosimining ortiqcha ko‘tarilishi xavfini minimallashtirish bilan qorin old devori butunligini tiklash xususiyatlarini hisobga olgan holda qorin bo‘shlig‘i kompartment-sindromi rivojlanishining oldini olishga qaratilgan taranglashmagan gernioalloplastika usuli optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sharof Rashidov tibbiyot birlashmasi (20.01.2024 y. 3-son buyrug‘i), Romitan tibbiyot birlashmasi (24.01.2024 y. 01/74-son buyruq), Qashqadaryo viloyat ftiziatriya shifoxonasi (23.01.2024 y. 10-T-son buyruq) va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2024 y. 12-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: infeksiyalangan churra qopi va yirik churra nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda abdominal kompartment sindromining oldini olishni hisobga olgan holda taranglashmagan gernioalloplastikaning optimallashtirilgan usuli qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi tiklanishni yaxshilashi, qorin bo‘shlig‘i bosimining oshishi bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytirishi va jarrohlik davolash samaradorligini oshirishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarda statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida miniinvaziv jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: infeksiyalangan churra xaltasi va yaqqol churra nuqsonlari bo‘lgan asosiy guruhdagi bemorlarda taranglashmagan gernioalloplastikaning modifikatsiyalangan usulini qo‘llash bitishmali ichak tutilishi va ichak oqmalarining shakllanishi kabi og‘ir operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishini butunlay oldini oldi. Taqqoslash guruhida ushbu asoratlarning chastotasi mos ravishda 25,9 foiz va 11,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, asosiy guruhda ular kuzatilmadi. Olingan natijalar taklif etilgan jarrohlik aralashuvi usulining yuqori klinik samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatadi.
beshinchi ilmiy yangilik: ventral churralar gernioplastikasidan keyin bemorlarning hayot sifatini baholashning ixtisoslashtirilgan unifikatsiyalangan shkalasini ishlab chiqish uchun kundalik faoliyatning jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatlarini differensial baholash bilan klinik va instrumental parametrlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sharof Rashidov tibbiyot birlashmasi (20.01.2024 y. 3-son buyrug‘i), Romitan tibbiyot birlashmasi (24.01.2024 y. 01/74-son buyruq), Qashqadaryo viloyat ftiziatriya shifoxonasi (23.01.2024 y. 10-T-son buyruq) va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.01.2024 y. 12-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ventral churralar gernioplastikasidan keyin hayot sifatini baholashning ixtisoslashtirilgan unifikatsiyalangan shkalasi uchun aniqlashtrilgan klinik va instrumental parametrlarni joriy etish bemorlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatini kompleks va differensial baholashni ta’minladi. Bu esa keyingi kuzatuv sifatini oshirdi va reabilitatsiya tadbirlarini bemorlarning individual ehtiyojlariga moslashtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ixtisoslashtirilgan unifikatsiyalangan usul qo‘llaniladigan differensiallashtirilgan jarrohlik taktikasini qo‘llash, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 12456500 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: bemorlarning hayot sifatini takomillashtirilgan shkala bo‘yicha tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ventral churralarni davolashning optimal taktikasini tanlashga kompleks yondashuv algoritmini qo‘llash «a’lo va yaxshi» natijalar ulushini 77,7 foizdan (taqqoslash guruhidagi 72 bemordan 56 nafari) 92,1 foizgacha (asosiy guruhdagi 102 bemordan 94 nafari) oshirish va qoniqarsiz natijalar chastotasini 8,3 foizdan (taqqoslash guruhidagi 72 bemordan 6 nafari) 1,9 foizgacha (asosiy guruhdagi 102 bemordan 2 nafari) kamaytirish imkonini berdi (r=0,030).