Oliy attestatsiyasi komissiyasida joriy yilning 9 dekabr kuni mamlakatimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” hamda 9-dekabr` - “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan “Oliy attestatsiyasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash” mavzusida OAK xodimlari va ilmiy jamoatchilikning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari Sh.Zulfiqorov hamda G.Nurmuhamedova tomonidan “O‘zbekiston Resbulikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati xususida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda attestatsiya jarayonlarini tashkil etishda inson omilini cheklagan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, innovatsion yondashuvlar xususida ham ma’lumotlar taqdim etildi.
- Konstitutsiya - xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak maqsadlari ifodasidir. U Yangi O‘zbekistonni barpo etishda mustahkam huquqiy asos hisoblanadi, - deydi o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i o‘rinbosari yuridik fanlari doktori, professor Sh.Zulfiqorov.
Ishtirokchilarning attestatsiya tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etishga doir savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
OAK Axborot xizmati.