O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bayrami shodiyonalari xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak maqsadlari ifodasi bo‘lgan Bosh Qomusimizning jamiyatimiz har bir a’zosi taqdirida muhim ahamiyat kasb etishini namoyon etmoqda. Zero, bayram tadbirlari asnosida umumxalq referundumi asosida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson manfaatlari, uning ajralmas haq-huquqlari himoyasida sobitligi vatandoshlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy farovonligida o‘z inikosini topmoqda.

 
2025 yil 9 dekabr kuni Oliy attestatsiya komissiyasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ham ushbu fikrlar yana bir bor o‘z isbotini topdi. Keng ilmiy jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari, ya’ni axborot-texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. 

OAK Axborot xizmati.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish