Toshpulatova Shaxlo Ochilovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish (fizika darslari misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped40.

Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari  doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.

Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor; Qaxxorov Siddiq Qaxxorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fizikafanini o‘qitishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mantiqiy fikrlashni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tarkibi  (fiziologik, psixologik va pedagogik) muayyan aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa va hukm chiqarish) ketma-ketligi va mohiyatini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;

o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari pedagogik yondashuvlarning (muammoli ta’lim metodlari, interfaol texnologiyalar, didaktik o‘yin, xalq pedagogikasi) kognitiv, kreativ, motivatsion faollashtirish imkoniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ta’sirlashuv asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari darajasini (tafakkur mustaqilligi, o‘zlashtirish mustahkamligi, fikrlashning tezligi, mazmunni idrok etish, tanqidiylik) aniqlash jarayonlari fizika o‘qitishda qo‘llanilayotgan interfaol metodlarning amaliy xususiyatlariga (intuitiv, mantiqiy, gneseologik) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

fizika fanidan o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik ta’minot ijodiy mashg‘ulotlar va to‘garaklarda sifat masalalariga oid integrativ funksionallik (o‘qitish, xotira, idrok, maqsad,anglash) kiritish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini fizika darslarida rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

fizika ta’limida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari, muammoli ta’lim metodlari, interfaol texnologiyalar, didaktik o‘yin, xalq pedagogikasidan foydalanish  imkoniyatlarini integratsiyalashga oid takliflari asosida «Fizikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish» nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-469-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma fizika ta’limi samaradorligini oshirish, oliy, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim o‘qituvchilari uchun metodik ta’minotni boyitish, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan fizika darslarini tashkil etish imkonini bergan;

o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari darajasi, fizika o‘qitishda innovatsion metodlar, intuitiv, mantiqiy, gneseologik va amaliy xususiyatlarga oid takliflaridan 5110200-Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi, Pedagogika ta’lim sohasi magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018  yil 3 dekabrdagi 89-03-4171-son ma’lumotnomasi). Mazkur malaka talablari fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi va uslubiy ta’minotini mantiqiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;

mantiqiy fikrlashni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar, mantiqiy fikrlash faolligini oshirishga yunaltirilgan ilmiy-metodik ta’minot, sifat masalalari va ijodiy to‘garaklarga oid takliflar  PZMV-2014-0902125611 raqamli «Maktab pedagogik jamoasini o‘zini o‘zi rivojlantirishi uchun madaniy-ijodiy muhitni yaratish va loyihalash metodidan foydalanish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018  yil 3 dekabrdagi 89-03-4171-son ma’lumotnomasi). Natijada mantiqiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishda nazariya va amaliyot birligini ta’minlash, ushbu jarayonlarning fundamental asoslarini tavsiflash imkoniyati yuzaga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish