Axrorova Munavvar Farxod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Tibbiy xizmatlarni innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Iqt3209
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzaev Qulmamat Janzakovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ergashev Raxmatulla Xidirovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Safarov Farxod Anvarovich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 
Tibbiy xizmatlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-uslubiy yondashuvga ko‘ra tibbiy xizmatlarni innovatsion rivojlantirishning nazariy-institutsional asoslari tibbiy xizmatni insonlarni davolash maqsadida maʻlum to‘lov asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuasi (tashxis qo‘yish, kasallikni davolash, tiklanish) faoliyatidan hamda yuqori texnologiyali tibbiy yordam xizmati tushunchasini esa intensiv darajada resurs talab qiluvchi murakkab diagnostik va davolash tadbirlari majmuasidan iborat ekanligi asoslanildi; 
-samarali innovatsion tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini baholashda tibbiy xizmat bozori ulushining o‘sish sur’ati, bozorga kirish tezligi, innovatsion loyihalarning sohaga joriy etish samaradorligi hamda tibbiyot mutaxassislari ish kuchi natijadorligini oshirish kabilarni hisobga olgan holda ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirildi; 
-    tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish va uning infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan hududiy sog‘liqni saqlash tizimini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi davlat-xususiy sheriklik asosida xizmatlarni diversifikatsiyalash, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar va raqamli boshqaruvni hamda mahalla darajasida kafolatlangan tibbiy paketni joriy etish kabi elementlarni yagona integrallashgan “Interaktiv tibbiy xizmatlar xaritasini o‘zida jamlovchi kompleks raqamli tibbiy paket”da uyg‘unlashtirilganda 2023-2024-yillarda Samarqand viloyati bo‘yicha rejalashtirilgan tibbiy xizmatlar hajmi parametrlarini 3,7 %ga oshirish imkoni yaratildi;
-    iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining samarali rivojlanishiga tibbiy xizmatlar qamrovi, sifati va iqtisodiy samaradorligining o‘sish tendensiyalarini hisobga olgan holda, tibbiy xizmatlarning 2029-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy xizmatlarni innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
tibbiy xizmatlarni innovatsion rivojlantirishning nazariy-institutsional asoslarini hisobga olgan holda, “tibbiy xizmat” va “yuqori texnologiyali tibbiy yordam xizmati” tushunchalarining mazmuni “Turizmda loyihalarni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2025-yil 24-oktyabrdagi 2-sonli qarori, ro‘yxatga olish raqami 12/184). Ushbu tushunchalardan foydalanish hududda tibbiy xizmatlar sohasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda uning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishning uslubiy asoslarini takomillashtirish imkonini berdi;
samarali innovatsion tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini baholash ko‘rsatkichlari tizimi va tibbiy ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish mexanizmi ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi muassasalarning faoliyatini kompleks tahlil qilish, innovatsion yondashuvlarning natijadorligini aniq o‘lchash imkonini beruvchi natijada, tibbiy xizmat sifati va qulayligini oshirish hamda, bemorlarning ehtiyojlariga tezkor va samarali javob berishiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 05-28/18945-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish samarali innovatsion tibbiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash tadbirlari samaradorligini baholash imkonini bergan;
tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish va uning infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan hududiy sog‘liqni saqlash tizimini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi davlat-xususiy sheriklik asosida xizmatlarni diversifikatsiyalash, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar va raqamli boshqaruvni hamda mahalla darajasida kafolatlangan tibbiy paketni joriy etish kabi elementlarni yagona integrallashgan tizimda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 05-28/18945-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tibbiy xizmatlarni mahalla darajasida ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2023-2024-yillarda Samarqand viloyati bo‘yicha rejalashtirilgan tibbiy xizmatlar hajmi parametrlarini 3,7 %ga oshirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining samarali rivojlanishiga tibbiy xizmatlar qamrovi, sifati va iqtisodiy samaradorligining o‘sish tendensiyalarini hisobga olgan holda, tibbiy xizmatlarning 2029-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 05-28/18945-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz parametrlaridan foydalanish tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘rta muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish