Sarvarova Dilfuza Musurmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Seraksidol» va «Medioflavin» antioksidant dori vositalarini standartlash va sifatini baholash», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.2.PhD/Far134.
Ilmiy rahbar: Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.04/30.11.2024.Far.188.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullabekova Viloyat Nurillabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xusainova Rayxona Ashrafovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Seraksidol» va «Medioflavin» dori vositalarini standartlash va sifatini baholashni zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliylashtirilgan «Seraksidol» va «Medioflavin» in’eksiya uchun eritmalarini ishlab chiqishning dolzarbligi ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganilgan xolda, ushbu dori vositalarni standartlash va sifatini nazorat qilish usullari ishlab chiqilgan;
birinchi marta «Seraksidol» va «Medioflavin» in’eksiya uchun eritmalari tarkibidagi uchrashi mumkin bo‘lgan yot aralashmalarni aniqlashning yupqa qatlam xromatografiyasi, zamonaviy fizik - kimyoviy tahlil usullaridan gaz-suyuqlik va yuqori samarali suyuqlik xromatografiya uslublari ishlab chiqilgan;
«Seraksidol» va «Medioflavin» in’eksiya uchun eritmalari miqdorini aniqlashni fizik - kimyoviy tahlillaridan SF va YuSSX uslublari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tahlil uslublari ICH Q2(R1) «Validation of Analytical Procedures: Text and Methodology» talablari asosida validatsion ko‘rsatkichlar (usulning xususiyligi, takrorlanuvchanligi, aniqliligi, chiziqliligi, qo‘llanilish sohasi va barqarorligi) bo‘yicha aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Antioksidant ta’sirga ega tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan in’eksiya uchun eritmalarni sifatini nazorat kilish va standartlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Medioflavin» preparatining klinik oldi sinovlari o‘tkazilib, O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi»ning 2025 yil 8 maydagi 41/11-8336-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi antioksidant dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Seraksidol» dori vositasi korxona farmakopeya maqolasi tasdiqlangan (KFM 42 Uz15098648-4935-2022). Natijada, «MEDIOFARM» MChJda antioksidant ta’sirga ega dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Seraksidol» dori vositasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (DV/M 04079/04/22). Mazkur preparatning ro‘yxatdan o‘tkazilishi uni mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini bergan.