Ramazonova Kamola Ramazon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kobal`t-30 ni siklodekstrinli kompleksi asosida kapsula dori shaklini olish va standartlash», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Far133.
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Iroda Ahmatxodjaevna, farmatsevtika fanlari  doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.04/30.11.2024.Far.188.01.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Vosiljon Rasulovich, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor; Abdijalilova Zilola Xikmatullaevna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kobal`t va metionin xelat kompleks birikmasidan iborat Kobal`t-30 substansiyasining  siklodekstrinli supramolekulyar birikmasi asosida kapsula dori shakli texnologiyasini ishlab chiqish va olingan kapsulalarni standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Kobal`t-30 va gidroksipropil-γ-siklodekstrindan iborat bo‘lgan supramolekulyar kompleks birikma olingan, uning fizik-kimyoviy qo‘rsatkichlari aniqlangan hamda farmatsevtik substansiya sifatida foydalanish uchun standartlangan; 
ilk bor “Kobal`t-30 Neo” substansiyasi  fraksion tarkibi, sochiluvchanligi, sochiluvchanlik zichligi, tabiiy og‘ish burchagi kabi texnologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholangan va struktura-mexanik xossalarini aniqlash natijasida kapsula shaklidagi dori vositasining tarkibi tanlangan va maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan;
“Kobal`t-30 Neo” substansiya va uning asosidagi dori shaklining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlanib, me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan;
“Kobal`t-30 Neo” kapsula dori shaklining biofarmatsevtik ko‘rsatkichlari “in vitro” tajribalarda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kobal`t-30 substansiyasining  siklodekstrinli kompleksi asosida kapsula dori shaklini olish va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kobal`t-30 substansiyaga farmakopeya maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasi tomonidan tasdiqlangan (FSP 42 Uz- 22175941-5168-2022). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi samarali leykopoezni rag‘batlantiruvchi hamda gepatoprotektor ta’sirga ega bo‘lgan dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
olingan kapsula dori turi ya’ni “Kobal`t-30 Neo” kapsula uchun farmakopeya maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasi tomonidan tasdiqlangan (FSP 42 Uz- 22175941-5167-2022). Natijada “Remedy Group” QKda kapsula shaklidagi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Kobal`t-30 Neo” substansiyasi va kapsulalari O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (DV/M 04311/11/22) va (DV/M 04310/11/22). Natijada, leykopoezni rag‘batlantiruvchi hamda gepatoprotektor ta’sirga ega mahalliy dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
“Kobal`t-30 Neo” kapsula dori shaklining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasi DUK tomonidan tasdiqlangan (14.11.2022y.). Natijada, leykopoezni rag‘batlantiruvchi hamda gepatoprotektor ta’sirga ega bo‘lgan kapsula shaklidagi dori vositasini to‘g‘ri qabul qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish