Abduvaxobov Muslimbek Elbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“O‘zbekiston temir yo‘llari AJda foydalanilayotgan elektrovozlarning asinxron tortuv elektr dvigtaellarini diagnostika qilish usullarini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5147
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xamidiv Otabek Rustamovich texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirmatov Nurali Berdiyorovich – texnika fanlari doktori, professor; Mamaev Sherali Ibrohimovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ekspluatatsiya qilinayotgan elektrovozlarning asinxron tortuv elektr dvigatellarini diagnostika qilishning tokli usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lokomotivlarning asinxron tortuv elektr dvigatellaridagi faza toklarining spektral tahlili asosida ulardagi nosozliklarni oldindan aniqlash imkonini beruvchi kompleks diagnostika usuli ishlab chiqilgan;
asinxron tortuv elektr dvigatellari podshipniklari, statori va rotoridagi nosozliklarni analitik tahlil qilish va oldini olishning elektrodinamik samaradorlik ko‘rsatkichklariga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model takomillashtirilgan;
asinxron tortuv dvigateli podshipniklaridagi ekssentrisitet og‘ishining stator tokiga bog‘liqligini inobatga olgan holda faza toklari kattaliklarining nosimmetrik darajasiga ta’sirini baholash imkonini beruvchi immitatsion model ishlab chiqilgan;
lokomotivlarning asinxron tortuv elektr dvigatellari stator toki parametrlaridagi o‘zgarishlar Kirxgof qonunlari asosida dvigatelning joriy texnik holatini diagnostika qilish uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Elektrovozlarning asinxron tortuv elektr dvigatellarini diagnostikalash usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
stator faza toklari xususiyatlarini tahlil qilish orqali asinxron tortuv elektr dvigatellarining texnik holatini baholashning ishlab chiqilgan diagnostika qurilmasi va uslubiyoti “Qo‘qon” lokomotiv deposida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 4/E 541-son ma’lumotnomasi). Natijada asinxron tortuv dvigatellarining takomillashtirilgan tokli diagnostika qilish usulida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldindan aniqlash samaradorligi 15% ga ortgan;
lokomotivlarning asinxron tortuv elektr dvigatellarini uchun ishlab chiqilgan tokli diagnostika usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Qo‘qon” lokomotiv deposida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 4/E 541-son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 900 728 000 (to‘qqiz yuz million etti yuz yigirma sakkiz ming) so‘mni tashkil etgan.