Xudoykulov Zarifjon Turakulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Buyumlar interneti tizimida axborotni kriptografik himoyalash usullari va algoritmlari”, 05.01.05 - “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T982.
Ilmiy maslahatchi: Ganiev Salim Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Kamil Fikratovich, texnika fanlari doktori, professor; Juraev Gayrat Umarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Kuryazov Davlatyor Matyakubovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan qurilmalarda axborot xavfsizligini ta’minlash (konfidensiallik, yaxlitlik va manba autentifikatsiyasi) hamda psevdotasodifiy qiymatlarni generatsiyalash imkonini beruvchi kriptografik usul va algoritmlarni takomillashtirish, ishlab chiqish va kriptotahlil usullariga baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud engil vaznli kriptografik algoritmlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan tahlil qilish maqsadida kengaytirilgan umumiy kriptografik talablarga asoslangan holda mavjud engil vaznli kriptografik algoritmlarda qo‘llanilgan turli o‘lchamli chiziqsiz akslantirishlar baholanilgan;
xavfsizlik va apparat amalga oshirish nuqtai nazaridan yuqori ko‘rsatkichlarga ega turli o‘lchamli chiziqsiz akslantirishlarni hosil qilish maqsadida kengaytirilgan sinus va tent funksiyalaridan kombinatsion tarzda foydalanish orqali S jadvallarni generatsiyalash usuli takomillashtirilgan hamda affin akslantirishi yordamida chiziqsiz sath xususiyatlarini yaxshilash orqali S jadvallarni generatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni konfidensialligini, yaxlitligini ta’minlashga, buyumlar interneti qurilmalarida amalga oshirishga imkon beruvchi, turli uzunlikdagi kalit va blok uzunliklarini madadlovchi engil vaznli kriptografik algoritmlar ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni yaxlitligini, manba autentifikatsiyasini ta’minlashga, buyumlar interneti qurilmalarida amalga oshirishga imkon beruvchi, o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmas uzunlikdagi xesh qiymatlarni hosil qilishni madadlovchi engil vaznli kriptografik usul va algoritmlar ishlab chiqilgan;
yagona kiritilgan qiymatlardan etarli uzunlikdagi psevdotasodifiy ketma-ketliklarni hosil qilishga, buyumlar interneti qurilmalarida amalga oshirishga, mukammal xavfsizlikni ta’minlashga imkon beruvchi engil vaznli kriptografik algoritm ishlab chiqilgan;
qurilish arxitekturasi va raund akslantirishlarining kriptobardoshlik darajasini aniqlashga imkon beruvchi umumiy kriptotahlil usullar, chiziqli, algebraik va integral kriptotahlil usullari yordamida ishlab chiqilgan engil vaznli kriptografik algoritmlar baholanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyumlar Interneti tizimida axborotni kriptografik himoyalash usullari va algoritmlari mavzusidagi tadqiqot ishida olingan ilmiy natijalar asosida:
mavjud engil vaznli kriptografik algoritmlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan tahlil qilish maqsadida kengaytirilgan umumiy kriptografik talablarga asoslangan holda baholanilgan chiziqsiz akslantirishlarni o‘z ichiga olgan engil vaznli kriptografik algoritmlarning dasturiy vositalari “O‘zbektelekom” AK Jabuniy-G‘arbiy filiali ishchi muhitida axborotni kriptografik himoyalash maqsadida tadbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 33-8/6636-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ma’lumotni konfidensialligini va yaxlitligini ta’minlovchi AEAD_P320 algoritmi qolganlariga nisbatan eng yuqori (o‘rtacha 345.62 MB/s) tezlikni, AEAD_P384 algoritmiga nisbatan 1.02 marta yuqori tezlikni qayd etgan.
xavfsizlik va apparat amalga oshirish nuqtai nazaridan yuqori ko‘rsatkichlarga ega turli o‘lchamli chiziqsiz akslantirishlarni hosil qilish maqsadida kengaytirilgan sinus va tent funksiyalaridan kombinatsion tarzda foydalanish orqali takomillashtirilgan usuli orqali hosil qilingan S jadvallarni o‘z ichiga olgan engil vaznli kriptografik algoritmlarning dasturiy vositalari “Kiberxavfsizlik markazi” DUK test laboratoriyasida ma’lumotlarni himoyalash maqsadida joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 33-8/6636-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida psevdotasodifiy sonlar generatorining dasturiy vositasi kriptografik algoritmlar uchun talab etilgan psevdotasodifiy qiymatlarni o‘rtacha 53.932 MB/s tezlik bilan generatsiyalash imkonini bergan.
ma’lumotlarni konfidensialligini, yaxlitligini ta’minlashga, buyumlar interneti qurilmalarida amalga oshirishga imkon beruvchi, turli uzunlikdagi kalit va blok uzunliklarini madadlovchi engil vaznli kriptografik algoritmlarga asoslangan dasturiy vositalar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy shu’basi faoliyatida resurslari cheklangan qurilmalarda axborotni himoyalash maqsadida tadbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 33-8/6636-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ma’lumotlarni konfidensialligini, yaxlitligini ta’minlovchi AEAD_P320 algoritmi o‘rtacha 17.31 Kbayt ROM va 0.90 Kbayt RAM xotira hajmini talab etib, 32 bitli mikrokontrollerlarda ham samarali amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatgan, bunda barcha algoritmlar mikrokontrollerning ko‘pi bilan 3% ROM va 2% RAM xotira qismini band qilish imkonini bergan.
ma’lumotlarni yaxlitligini, manba autentifikatsiyasini ta’minlashga, buyumlar interneti qurilmalarida amalga oshirishga imkon beruvchi, o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmas uzunlikdagi xesh qiymatlarni hosil qilishni madadlovchi engil vaznli kriptografik xesh funksiya algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sinov laboratoriyasida Arduino Mega platasida turli uzunlikdagi ma’lumotlarni xeshlash uchun tadbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 33-8/6636-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida barcha algoritmlar 512 baytli ma’lumotni xeshlash uchun mikrokontrollerning 3% gacha ROM, 5% gacha RAM xotirasini talab etib, buning uchun 0.2 sekund vaqt, 20.5 mJ energiya sarflanishiga imkon bergan.
yagona kiritilgan qiymatlardan etarli uzunlikdagi psevdotasodifiy ketma-ketliklarni hosil qilishga, buyumlar interneti qurilmalarida amalga oshirishga, mukammal xavfsizlikni ta’minlashga imkon beruvchi engil vaznli kriptografik algoritm asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita “Insoft-servis” MChJda Arduino Leonardo platasida turli uzunlikdagi psevdotasodifiy qiymatlarni generatsiyalash maqsadida joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 33-8/6636-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida psevdotasodifiy sonlarni generatsiyalash algoritmi 8 bitli mikrokontrollerda 34% ROM xotira hajmi va 21% RAM xotira hajmiga ega bo‘lib, 0.04 sekund vaqt va 2.42 mJ energiya energiya sarfi bilan 256 baytli qiymatni hosil qilishga imkon bergan.
qurilish arxitekturasi va raund akslantirishlarining kriptobardoshlik darajasini aniqlashga imkon beruvchi umumiy kriptotahlil usullar, chiziqli, algebraik va integral kriptotahlil usullari yordamida baholangan engil vaznli kriptografik algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sinov laboratoriyasida joriy etildi (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 17-sentyabrdagi 33-8/6636-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida taklif etilgan algoritmlar chiziqli, algebraik va integral kriptotahlil usullariga bardoshlikni ta’minlab, 8 bitli mikrokontrollerlarda ham kichik xotira hajmini talab etgan holda, amalga oshirishga imkon bergan.