Po‘latov Taxirjan Rustambekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tayanch sirpanish podshipniklarining parametrlarini asoslash (ESV turidagi nasoslar misolida)», 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari(texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T732.

Ilmiy rahbar: Mahkamov Qobul Hamdamovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Shukurov Rustam Utkurovich,texnika fanlari doktori, professor; Babashev Qutlimurat Aytmuradovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: elektrik markazdan qochma suv (EMQS) nasoslarining  gidroabraziv muhitda ishlovchi tayanch sirpanish podshipniklarining geometrik parametrlarini takomillashtirish orqali ishchi resursini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yassi parallel yonbosh sirpanish podshipnikida yuzaga keladigan suyuqlik ponasining ko‘tarish qobiliyatini yuza geometrik parametrlari hamda ishlash rejimiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini analitik ifodalar yordamida asoslangan;

yonbosh sirpanuvchi podshipnik pyatasida nutatsiya effektining mavjudligi va o‘zida abraziv zarrachasi mavjud bo‘lgan suyuqlikning  Arximed spirali traektoriyasida harakatlanishi analitik usulda aniqlangan;

yonbosh juftlikli sirpanib ishqalanuvchi gidrodinamik podshipnikning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

quduq nasosi agregati podpyatnigining shakli va g‘adir-budirligining ratsional parametrlariga ega texnik shartlar ishlab chiqilgan;

nasoslar sirpanish podshipniklarini o‘qiga nisbatan tekislikning  perpendikulyarlik va yuza g‘adir-budirlilik qiymatlarining yonbosh sirpanish podshipniklaridagi gidrodinamik ponaning ko‘tarish kuchiga ta’sir etish darajasi empirik usulda aniqlangan;

EMQS turdagi nasoslar sirpanish podshipniklarini tadqiq qilish uchun yangi stend konstruksiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

EMQS turdagi nasoslar tayanch sirpanish podshipniklari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

gidrodinamik podshipnikning yaratilgan konstruksiyasi “SUVMASH” AJ korxonasida yonbosh juftlikli sirpanib ishqalanuvchi podpyatnigining ishqalanish koeffisientini kamaytirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 04/25-2810-son ma’lumotnomasi). Natijada pyata va podpyatnikning ishqalanish koeffisientini 20%ga kamaytirishga erishilgan;

nasos agregati podpyatnigining parametrlari, shakli va g‘adir-budirligining o‘lcham qiymatlari “SUVMASH” AJ korxonasida ESV8-40-90 quduq nasos agregati resursini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 04/25-2810-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos agregatining resursi 4-5%ga oshirish imkoni yaratilgan;

o‘zida ishqalanish tekisligini podshipnik o‘qiga perpendikulyarligini  qamrab oluvchi (0,03/100, g‘adir-budirlilik Ra=2,5 mkm)  yaratilgan texnik shartlar “SUVMASH” AJ korxonasida yonbosh ishqalanuvchi juftliklarning tayyorlash aniqligini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 04/25-2810-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos tannarxini 1,3-1,5%ga kamaytirish imkoni yaratilgan;

pyata va podpyatnik uzellarini sinash stendining ishlab chiqilgan konstruksiyasi “SUVMASH” AJ korxonasida pyata va podpyatnik uzellarini sinovlar davomiyliligini kamaytirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 04/25-2810-son ma’lumotnomasi).  Natijada har bir agregat uchun sinovlar davomiyliligini 20 minutgacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish