Erimbetov Berdimurat Karlibaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uchsay bentoniti va ikkilamchi resurslar asosida keramzit ishlab chiqarishning energosamarador texnologiyasi”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4320
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirov Baxtiyor Toxtaevich, t.f.d. (DSc), katta ilmiy xodim. Purxanatdinov Aman Purxanatdinovich, t.f. f.d (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Usmanov Hikmatilla Lutpullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Zafar Murodvich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar, xususan Uchsay bentonit gili va “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QK chiqindisi hamda Tebinbuloq vermikulitini boyitish jarayonida xosil bo‘lgan qoldiq vermikulitli chiqindilari asosida yangi tarkib ishlab chiqish yo‘li bilan keramzit va engil beton olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Uchsay bentonit gili va ikkilamchi resurslar asosida tayyorlangan tarjiba namunalarga 1000-1070ºC yuqori harorat oralig‘ida termik zarba berilganda, yuzaga kelgan fazaviy o‘tish va yangi kristall fazalar hosil bo‘ish jarayonlari natijasida vollastonit, mullit, α-kvars, gematit va qisman anortit minerallarining shakllanishlari aniqlangan;
-keramzitning strukturasi shaklanishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda asosiy fizik-mexanik, texnologik va ekspluatsiya xossalari foydanilayotgan asosiy xom ashyo va ikkilamchi reserslarning tarkibi va shixta tarkibidagi ulushiga hamda ko‘pchish haroratining ortishib borishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi isbotlandi;
Uchsay bentonit gili (90 %) va soda ishlab chiqarish distiller shlamli chiqindisi (10 %) hamda vermikulitni bo‘yitish chiqindisidan (100% dan tashqari 2 %) foydalanib olingan keramzitning ko‘pchitish haroratini 50-60 ℃ gacha pasaytirish imkoniyati aniqlandi;
Uchsay bentonit gili va soda ishlab chiqarish distiller shlamli chiqindisi hamda vermikulitni bo‘yitish chiqindisilari asosida olingan keramzitning to‘kma zichligi 670-690 kg/m3, siqilishga mustahkamligi 3,5 MPa, ko‘pchish koeffisienti - 3,65% bo‘lgan keramzit olish imkoniyatlari isbotlandi;
Uchsay bentonit gili asosida va soda ishlab chiqarish distiller shlamli chiqindisi hamda vermikulitni bo‘yitish chiqindilaridan olingan keramzitni engil beton uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalanib 0,52 W/m℃, og‘irligi 1400 kg/m3 va siqilishga mexanik mustahkamligi 12,5 MPa ni tashkil etadigan olingan konstruksion-issiqlik izolyasiyalovchi engil betonlar olish mumkinligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uchsay bentonit gili xomashyosi va soda ishlab chiqarish chiqindisidan foydalangan holda energiya tejovchi ko‘pchitilgan keramik material keramzit tarkibini ishlab chiqarishga tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
Yangi tarkibdagi keramzit granulalarining ishlab chiqilgan maqbul tarkibi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “AZKAMAR” MChJ korxonasida sinovdan o‘tkazildi (“AZKAMAR” MChJda o‘tkazilgan sinov ishlari yuzasidan 2023 yil 18-19 noyabrda tasdiqlangan Dalolatnoma). Natijada, keramzit granulalarini ko‘pchitish jarayonida kuydirish haroratini 50-60 ℃ gacha pasaytirish orqali tabiiy gaz sarfini kamaytirishga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “Nukus TBBZ” MChJ tomonidan keramzitdan foydalanib engil beton ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etilgan (“Nukus TBBZ” MChJda o‘tkazilgan sinov ishlari yuzasidan 2025 yil 1 may tasdiqlan-gan Dalolatnoma). Qoraqalpog‘iston qurilish industriyasi ehiyojlari uchun tayyor issiqlikdan himoyalovchi keramzit mahsuloti va ushbu keramzitdan engil to‘ldiruvchi sifatida foydalanib engil betonlar ishlab chiqarish imkoniyati aniqlandi.