Ibragimova Maftuna Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Appendikulyar infil`tratni davolashda taktik yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib3630.
Ilmiy rahbar: Nishanov Murodjon Foziljonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaboev Muhammadyahyo G‘ulomqodirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: appendikulyar infil`trat (AI) bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash maqsadida kompleks davolash dasturining taktik jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks terapiya tarkibida tizimli immunitetni rag‘batlantirish (qonning qon tomir ichida lazerli nurlantirish) va mahalliy teri orqali ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan lazer texnologiyalarini kombinatsiyalangan qo‘llanilishi bilan tavsiflanuvchi appendikulyar infil`tratni davolash usuli ishlab chiqilgan;
appendikulyar infil`tratda lazer ta’sirining birinchi bosqichi patologik o‘choq sohasidagi yallig‘lanish jarayonlarining regressi bilan, ikkinchi bosqich esa mahalliy regenerativ faollikni rag‘batlantirish va infil`tratning tezroq so‘rilishi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
appendikulyar infil`tratni davolashda taklif etilgan kompleks yondashuv mahalliy mikrotsirkulyasiya jarayonlarini yaxshilashi, immun javob va reparatsiyani normallashtirishi, periappendikulyar abssess shakllanish xavfini kamaytirishi eksperimental isbotlangan;
lazer ta’sirining kombinatsiyalangan qo‘llanilishi natijasida regenerativ jarayonlar stimulyasiyasi hisobiga kechiktirilgan appendektomiya bosqichini jiddiy murakkablashtiruvchi qo‘pol chandiqli bitishmalar hosil qilmagan holda appendikulyar infil`tratning so‘rilishini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Appendikulyar infil`trat bilan kasallangan bemorlarni davolash sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kompleks terapiya tarkibida tizimli immunitetni rag‘batlantirish (qonning qon tomir ichida lazerli nurlantirish) va mahalliy teri orqali ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan lazer texnologiyalarini kombinatsiyalangan qo‘llanilishi bilan tavsiflanuvchi appendikulyar infil`tratni davolash usuli ishlab chiqilganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi IAP 7823-sonli ixtiro uchun patenti) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan “Appendikulyar infil`tratni davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 22 avgustdagi 197/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 25 sentyabrdagi 211/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: appendikulyar infil`tratni davolash kompleksiga lazer texnologiyalarining kombinatsiyalangan qo‘llanilishini kiritish ushbu asoratning rivojlanishi va avj olishining asosiy patogenetik jihatlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: appendikulyar infil`trat bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar uchun jami 460000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemor shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 920000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: appendikulyar infil`trat bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=40) 36800000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: appendikulyar infil`tratda lazer ta’sirining birinchi bosqichi patologik o‘choq sohasidagi yallig‘lanish jarayonlarining regressi bilan, ikkinchi bosqich esa mahalliy regenerativ faollikni rag‘batlantirish va infil`tratning tezroq so‘rilishi bilan tavsiflanishi isbotlanganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi IAP 7823-sonli ixtiro uchun patenti) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan “Appendikulyar infil`tratni davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 22 avgustdagi 197/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 25 sentyabrdagi 211/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: mahalliy va tizimli lazer ta’siri yallig‘lanish reaksiyalarining tezroq pasayishiga va appendikulyar infil`tratning so‘rilishiga yordam beradi, abssess shakllanish holatlarining kamayishiga hamda statsionar davolash muddati va xarajatlarining qisqarishiga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 275000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 275000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usulniqo‘llanishi hisobiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 40 nafar bemorlarda 1 kun uchun 11000000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: appendikulyar infil`tratni davolashda taklif etilgan kompleks yondashuv mahalliy mikrotsirkulyasiya jarayonlarini yaxshilashi, immun javob va reparatsiyani normallashtirishi, shuningdek, periappendikulyar abssess shakllanish xavfini kamaytirishi eksperimental qayd etilganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi IAP 7823-sonli ixtiro uchun patenti) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan “Appendikulyar infil`tratni davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 22 avgustdagi 197/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 25 sentyabrdagi 211/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: lazer texnologiyalarini o‘z ichiga olgan taklif etilgan appendikulyar infil`tratni davolash usuli qimmat jihozlarni talab etmaydi, bajarishda sodda va har qanday darajadagi jarrohlik muassasalari sharoitida qo‘llanilishiga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: appendikulyar infil`trat bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 185000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga 370000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: appendikulyar infil`trat bilan og‘rigan bemorning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=40) 14800000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: lazer ta’sirining kombinatsiyalangan qo‘llanilishi natijasida regenerativ jarayonlar stimulyasiyasi hisobiga kechiktirilgan appendektomiya bosqichini jiddiy murakkablashtiruvchi qo‘pol chandiqli bitishmalar hosil qilmagan holda appendikulyar infil`tratning so‘rilishini ta’minlashi aniqlanganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 23 sentyabrdagi IAP 7823-sonli ixtiro uchun patenti) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan “Appendikulyar infil`tratni davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 22 avgustdagi 197/1-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 25 sentyabrdagi 211/1-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 noyabrdagi 28/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: shuningdek, tavsiya etilgan usul interval appendektomiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davrni qisqartiradi, yallig‘lanish jarayoni regressiga bo‘lgan lazer ta’sirining xususiyatlari esa patologik o‘choq so‘rilgandan keyingi jarrohlik amaliyotini texnik jihatdan engillashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan taktikadan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga bir nafar bemorga 1 kunda dori-darmon xarajatlari bilan 460000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan taktika kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 40 nafar bemorlarda 1 kun uchun 18400000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish