Nurutdinova Feruza Muidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biokimyo fanidan talabalar kompetentligini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalashtirish nazariyasi va metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1007
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtor Raxmatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Axadov Ma’mirjon Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘zikulovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarining biokimyo fanidan kompetentligini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalashtirish nazariyasi va metodikasini takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biokimyo fanini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalashtirish metodikasi: tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biokimyo fanini o‘qitish jarayonida amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan klinik ko‘nikmalar va multidisiplinar hamkorlikni rivojlantiruvchi “bosqichlar zanjiri” infografik yondashuvi asosida loyihalashtirish metodikasi ishlab chiqildi va uning yordamida talabalarni kasbiy-sohaviy faoliyatga tizimli tayyorlash hamda baholash imkoniyati aniqlashtirildi;
integratsiyalovchi soft-skillslar va klinik-diagnostik kompetensiya: talabalarning biokimyo fanidan klinik-diagnostik qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalovchi soft-skills (differensial tashxis qo‘yish, optimal davolash yo‘lini tanlash, klinik tafakkur va analitik fikrlash) ta’lim jarayonidagi samaradorligini optimallashtiruvchi metodologik asos nazariy jihatdan isbotlandi;
simulyasion va neyro-pedagogik texnologiyalarni integratsiya qilish: neyrotarmoq, neyropedagogika va neyropsixologiya tamoyillarini amaliy tibbiy faoliyatga integratsiya qilib, simulyasion texnologiyalar (3D texnologiyalari, smart-ilovalar va virtual laboratoriyalarni) asosida kasbiy-sohaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi ishlab chiqildi va uning startap loyihalarda talabalar kreativ ishtirokini oshirishdagi samaradorligi aniqlashtirildi;
innovatsion kompetentlikni baholash mezonlari va indikatorlari: biokimyo fanidan talabalar innovatsion kompetentligini baholash uchun mezonlar va indikatorlar takomillashtirildi; ular loyihalar va hackathon larda ishtirokga tayyorgarlik, tibbiy sohada kreativ g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati, jamoaviy va ko‘p-muhitli vaziyatlarda samarali hamkorlik ko‘nikmalari asosida ilmiy jihatdan dalillandi;
ta’lim konsepsiyasi va amaliy determinant: “bosqichlar zanjiri” infografik yondashuvi, integratsiyalovchi soft-skillslar hamda simulyasion texnologiyalarni qamrab oluvchi kasbiy-sohaviy tayyorlash metodikasi asosida ishlab chiqilgan ta’lim konsepsiyasi biokimyo fanini o‘qitishda klinik holatlarni tahlil qilish, tashxis qo‘yish va muammoli vaziyatlarga kreativ echim topish samaradorligini oshiruvchi muhim determinant sifatida ilmiy jihatdan isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biokimyo fanidan talabalar kompetentligini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalashtirish nazariyasi va metodikasi (tibbiyot OTMlari misolida) mavzusiga oid takliflar asosida:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biokimyo fanini o‘qitish jarayonida amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan klinik ko‘nikmalar va multidisiplinar hamkorlikni rivojlantiruvchi “bosqichlar zanjiri” infografik yondashuvi asosida loyihalashtirish metodikasi ishlab chiqildi va uning yordamida talabalarni kasbiy-sohaviy faoliyatga tizimli tayyorlash hamda baholash imkonini asoslovchi tavsiyalar “Biologicheskaya ximiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 939735-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini tizimli ravishda shakllantirish hamda ularning amaliy faoliyatga yuqori darajada tayyorligini ta’minlashga erishildi;
talabalarning biokimyo fanidan klinik-diagnostik qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalovchi soft-skills (differensial tashxis qo‘yish, optimal davolash yo‘lini tanlash, klinik tafakkur va analitik fikrlash) ta’lim jarayonidagi samaradorligini optimallashtiruvchi metodologik asos nazariy jihatdan asoslab berilgan takliflari “Biokimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 573688-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarining biokimyo fanidan klinik-diagnostik qaror qabul qilish kompetensiyasi samarali shakllanib, ularning kasbiy va amaliy faoliyatga tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan;
neyrotarmoq, neyropedagogika va neyropsixologiya tamoyillarini amaliy tibbiy faoliyatga integratsiya qilib, simulyasion texnologiyalar (3D texnologiyalari, smart-ilovalar va virtual laboratoriyalarni) asosida kasbiy-sohaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi ishlab chiqildi va uning startap loyihalarda talabalar kreativ ishtirokini oshirishdagi samaradorligi aniqlashtirildi (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 21-noyabrdagi 02/01-01-125-ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarining biokimyo fanidan kasbiy kompetentligi innovatsion yondashuv asosida rivojlantirildi hamda amaliy kasbiy faoliyatga tayyorgarlik imkoniyati yaratildi;
biokimyo fanidan talabalar innovatsion kompetentligini baholash uchun mezonlar va indikatorlar takomillashtirildi; ular loyihalar va hackathonlarda ishtirokga tayyorgarlik, tibbiy sohada kreativ g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati, jamoaviy va ko‘p-muhitli vaziyatlarda samarali hamkorlik ko‘nikmalari asosida ilmiy jihatdan dalillangan tavsiyalar “Biologicheskaya ximiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 939735-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning innovatsion kompetentligi rivojlanib, startap va hackathonlarda ishtirok etish, kreativ g‘oyalarni ilgari surish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari samarali shakllanadi;
“bosqichlar zanjiri” infografik yondashuvi, integratsiyalovchi soft-skillslar hamda simulyasion texnologiyalarni qamrab oluvchi kasbiy-sohaviy tayyorlash metodikasi asosida ishlab chiqilgan ta’lim konsepsiyasi biokimyo fanini o‘qitishda klinik holatlarni tahlil qilish, tashxis qo‘yish va muammoli vaziyatlarga kreativ echim topish samaradorligini oshiruvchi muhim determinant sifatida ilmiy jihatdan isbotlandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 09-sentyabrdagi 03/40-2609-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, klinik holatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanib, ularning kasbiy kompetentligi nazariy va amaliy jihatdan rivojlandi.