Berdimuratova Madina Xayrullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
 “Til tizimida noverbal vositalarning lingvomadaniy tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4313
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Siddiqjon Ma’murjonovich filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muhsinovna filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida nutqiy muloqot jarayonida qo‘llaniladigan noverbal vositalarning, xususan, vizual-kinesik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, ularning milliy-madaniy tafakkurdagi o‘rnini va ijtimoiy muloqotdagi funksiyalarini ilmiy-nazariy tahlil etishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek xalqining milliy tafakkuri va ijtimoiy hayot tarzini aks ettiruvchi vizual-kinesik birliklarning ilmiy-nazariy asoslari jahon va o‘zbek tilshunosligi tajribasi asosida tizimli tahlil qilinganligi asoslangan; 
o‘zbek tilida noverbal muloqot vositalarining 485 dan ortiq turlari (boshni liqillatmoq, afti burishmoq, qovog‘ini solmoq, yuzini burmoq va boshqalar) to‘planib, ularning semantik-pragmatik xususiyatlari isbotlangan;
o‘zbekona noverbal muloqot vositalarining lingvomadaniy tahlili asosida milliy-madaniy kodlar (soch turmagi, jins, yosh, yuz ifodasi, qo‘l va ko‘z harakati, noz-karashma, yolg‘on gapirish, ishonchsizlik, tajovuzkorlik va h.k.) aniqlanib, ularning ijtimoiy-madaniy mazmuni yoritilgan;
o‘zbek tilida qo‘llaniladigan vizual-kinesik vositalar frenologiya, ekspressiv harakatlar, fiziognomika va okulesika kabi to‘rt asosiy guruh bo‘yicha tizimlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til tizimida noverbal vositalarning lingvomadaniy tadqiqiga doir olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek xalqining milliy tafakkuri va ijtimoiy hayot tarzini aks ettiruvchi vizual-kinesik birliklarning ilmiy-nazariy asoslari jahon va o‘zbek tilshunosligi tajribasi asosida tizimli tahlil qilinganligi asoslangan xulosalardan  AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli  amaliy loyihada (2020-2023-yy) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-iyundagi 01/4-2451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbekona paralingvistik vositalarning qayd etilgan xususiyatlari orqali loyihaning mukammallashuviga erishilgan; 
o‘zbek tilida noverbal muloqot vositalarining 485 dan ortiq turlari (boshni liqillatmoq, afti burishmoq, qovog‘ini solmoq, yuzini burmoq va boshqalar) to‘planib, ularning semantik-pragmatik xususiyatlari isbotlangan ilmiy xulosalardan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada (2022-2024-yy) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-iyuldagi 01/4-3020-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tahlilga tortilgan paralingvistik vositalar  haqidagi nazariy bilimlarning yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbekona noverbal muloqot vositalarining lingvomadaniy tahlili asosida milliy-madaniy kodlar (soch turmagi, jins, yosh, yuz ifodasi, qo‘l va ko‘z harakati, noz-karashma, yolg‘on gapirish, ishonchsizlik, tajovuzkorlik va h.k.) aniqlanib, ularning ijtimoiy-madaniy mazmuni yoritilgan xulosalardan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli  amaliy loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2020-2023-yy) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-iyundagi 01/4-2451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbekona paralingvistik vositalarning qayd etilgan xususiyatlari orqali loyihaning mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek tilida qo‘llaniladigan vizual-kinesik vositalar frenologiya, ekspressiv harakatlar, fiziognomika va okulesika kabi to‘rt asosiy guruh bo‘yicha tizimlashtirilgan xulosalar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Samarqand” telekanalining “Kun mavzusi” eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Samarqand” telekanalining 2025-yil 27-maydagi №01-07-196-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlanib, yangi ma’lumotlar bilan takomillashishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish