Yarashev Soli Safarovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2214.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Go‘zal Mamatkarimovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxodjaeva Lobar Gafurjanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi
harbiy ta’lim tizimining mazmun-mohiyati, harbiy faoliyatga yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik mulohaza fanlari talablari, riskli muhitda strategik qaror qabul qilish va tezkor axborot tahlili zaruriyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ofiserlar texnologik kompetentligining bilish (kognitiv), o‘rganish (didaktik) va amaliy-jismoniy (psixomotor) tarkibiy qismlari harbiy ta’lim muhitiga moslashtirilgan holda psixomotorik, funksional va amaliy o‘quv-harbiy faoliyat modellariga integratsiya qilinib, interfaol ta’lim texnologiyalari bosqichlariga mos kompetensiyalar tizimi asosida kompleks tarzda takomillashtirilgan; 
harbiy ta’lim tizimida bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning tuzilmaviy modeli harbiy ta’lim mazmuni, uning tashkiliy-metodik talablari va harbiy fanlarning kompetensiyaviy yo‘nalishiga mos didaktik asoslarni qayta talqin qilish orqali ta’lim yondashuviga adaptivlashtirish asosida kompleks didaktik tizim sifatida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ofiserlarning texnologik kompetentligining rivojlanish darajalari zamonaviy harbiy ta’lim dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ilmiy-metodik birlikda tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda harbiy-pedagogik mazmun, texnik-amaliy tayyorgarlik va strategik fikrlashni uyg‘unlashtirgan integratsion yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
harbiy ta’lim tizimining mazmun-mohiyati, harbiy faoliyatga yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik mulohaza fanlari talablari, riskli muhitda strategik qaror qabul qilish va tezkor axborot tahlili zaruriyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish metodikasiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 23 iyundagi 5/2/1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy fanlar mazmunini modernizatsiyalash imkonini bergan. 
harbiy ta’lim muhitiga moslashtirilgan holda psixomotorik, funksional va amaliy o‘quv-harbiy faoliyat modellariga integratsiya qilinib, interfaol ta’lim texnologiyalari bosqichlariga mos kompetensiyalar tizimi asosida kompleks tarzda takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlar texnologik kompetentligining bilish (kognitiv), o‘rganish (didaktik) va amaliy-jismoniy (psixomotor) tarkibiy qismlariga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 23 iyundagi 5/2/1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy fanlarni o‘qitish va innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish samaradorligi ortishiga erishilgan.
harbiy ta’lim mazmuni, uning tashkiliy-metodik talablari va harbiy fanlarning kompetensiyaviy yo‘nalishiga mos didaktik asoslarni qayta talqin qilish orqali ta’lim yondashuviga adaptivlashtirish asosida kompleks didaktik tizim sifatida takomillashtirilgan harbiy ta’lim tizimida bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning tuzilmaviy modeli, zamonaviy harbiy ta’lim dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ilmiy-metodik birlikda tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda harbiy-pedagogik mazmun, texnik-amaliy tayyorgarlik va strategik fikrlashni uyg‘unlashtirgan integratsion yondashuv asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlarning texnologik kompetentligining rivojlanish darajalari bo‘yicha tavsiyalar bo‘lajak ofiserlar uchun o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 23 iyundagi 5/2/1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish