Jabborova Saodat Zoirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilada milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirish” 13.00.08 –Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped 6876 
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc); Qurbonova Go‘zal Rajab qizi,dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi  tashkilot:  Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilada milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy qadriyatlarning tarbiyaviy shakllanish mazmuni tarixiy, ensiklopedik, pedagogik-psixologik hamda xalq og‘zaki ijodi manbalaridagi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda qo‘llanilgan gnoseologik metodlarning faollashtiruvchi, motivatsiya uyg‘otuvchi komponentlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilada milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash jarayoni bolaning xarakter xususiyati, psixologik-ma’naviy rivojlanishi, kreativ – pozitiv, faoliyatli-harakatchanlikni ta’minlovchi ijodiy o‘yin mashg‘ulotlarining didaktik tizimiga mos ravishda baholash indikatorlarining retrospektiv davriylik talablariga muvofiq tasniflangan;
kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bolaning (emotsional, axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish, shaxsiy ishchanlik) xususiyatlarini shakllantirish imkonini ta’minlovchi (immitatsion o‘yinlar, refleksiv mashqlar, vizualizatsiya) usullardan foydalanishga yo‘naltirilgan xalq og‘zaki ijodining kichik janrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkiloti kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilada milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash bola shaxsiy sifatlari, ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohalarining shakllanganlik darajasi retrospektiv davriylik talablariga muvofiq ("Dasturxon atrofida", “Eng yoqimli hid”, "O‘yinchoqlar tashrifi", “Ona tasviri”) ijodiy-tanqidiy, faoliyatli-amaliy o‘yinlar orqali bola ongiga singdirishni ta’minlashga qaratilgan metodik tavsiyalar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgasha 3 - 4 yoshli bolani oilaviy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilaviy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash jarayonlari madaniyatlilik, kommunikativlik, kreativlik, moslashuvchanlik darajalari ijodiy o‘yinlarni interaktiv dasturiy vositalar, refleksiv va vitagen axborot bilan uyg‘unlashtirib, milliy qadriyatlarga integratsion, innovatsion, motivatsion ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir nazariyalar “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, 491486-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarida axloqiy tarbiyalanganlik darajasini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘yin texnologiyalarini samarali qoʻllash imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilaviy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash jarayonlari xalqaro tajribalar va milliy qadriyatlarga asoslangan metodik bazani kognitiv bilish jarayonlari hamda milliy ta’lim tuzilishining ichki (anglash, fikrlash, his-tuyg‘uga ega bo‘lish) va tashqi (kiyinish, xulq-atvor, kommunikatsiya) atributlar bilan integratsiyalash orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-oktyabrdagi 11-05-6149/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3-4 yoshdagi bolalarni oilaviy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashga oid faoliyatni takomillashtirish usullari va omillariga oid nazariya va amaliy materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
oilada kichik yoshdagi bolalarning milliy qadriyatlar asosida tadrijiy ma’naviy-axloqiy rivojlanishini baholash indikatorlari retrospektiv davriylik talablariga muvofiq milliy va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillariga ko‘ra takomillashtirishga oid tavsiualar “Dissertatsiyada ilgari surilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti kichik guruh tarbiyalanuvchilarini oilada milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirish tadqiqi haqidagi xulosalardan Buxoro teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“Buxoro” teleradiokompaniyasining 2024-yil 3-iyundagi 01-09-96-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgasha uoshdagi kichik guruh bolalarida axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirish rolli o‘yinlarni qoʻllash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish