Amanov Farrux Baxtiyorovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlar uchun moy miqdori va hosildorligi yuqori bo‘lgan zig‘irning yangi navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1252.
Ilmiy rahbar: Oripov Sherali Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: moyli zig‘irning Lalmikor navi (NAP 519).
II. Tadqiqotning maqsadi respublika lalmikor maydonlari uchun moyli zig‘irning tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, tarkibida moy miqdori yuqori bo‘lgan serhosil, yangi navini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning lalmikor mintaqalar sharoitida moyli zig‘irning chetdan keltirilgan kolleksiya nav namunalarining kompleks belgi va xususiyatlari baholangan;
o‘rganilgan nav namunalar orasida o‘suv davri davomiyligi bo‘yicha 2 ta 2018/8 (86) va 1988/03 (86) nav namuna andoza “Bahorikor” naviga nisbatan 5 kun ertapishar ekanligi aniqlangan;
moyli zig‘ir quyidagi 2018/8 va 1988/03 nav namunalari orasida hosildorlik ko‘rsatgichlari bo‘yicha andoza sifatida olingan “Bahorikor” navida hosildorlik o‘rtacha 7,9 s/ga ni tashkil qilib andoza navga nisbatan o‘rganilgan 2018/08 va 1988/03 nav namunalarida hosildorlik o‘rtacha 9,3-8,5 s/ga ni tashkil qildi. Olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra 2018/08 va 1988/03 nav namunalaridan andoza “Bahorikor” naviga nisbatan 0,6-1,4 s/ga qo‘shimcha hosil olinishi isbotlangan;
tarkibida moy miqdori bo‘yicha o‘rganilganda 2018/08 va 1988/03 nav namunalar andoza “Bahorikor” naviga nisbatan 0,9-1,6 % yuqori bo‘lishi aniqlangan;
olingan natijalarga asoslanib ertapishar, yuqori hosilli va tarkibida moy miqdori yuqori bo‘lgan moyli zig‘irning “Lalmikor” navi yaratildi hamda Intelektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga NAP 519 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmikor maydonlarda ekish uchun tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, serhosil va tarkibida moy chiqish miqdori yuqori bo‘lgan yangi moyli zig‘irning “Lalmikor” navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida;
moyli zig‘irning noqulay omillariga chidamli, serhosil va tarkibida moy chiqish miqdori yuqori bo‘lgan yangi “Lalmikor” navi yaratilgan. Zig‘irning “Lalmikor” navi 2021-2023 yillarda, raqobat nav sinovidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tib, ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi 2025-yil 8-fevraldagi T 6/01-09-109 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu navni ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida yuqori hosil yetishtirish hisobiga har gektar maydondan 1,4-1,5 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
yangi yaratilgan “Lalmikor” navi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba maydonida 7.0 gektarga, “Mavlono” fermer xo‘jaligida 5.0 gektarga, jami G‘allaorol tumanining lalmikor maydonlarida 12.0 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-maydagi 05/05-03-197- sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 9,3-9,5 s/ga hosil olinib, andoza “Bahorikor” naviga nisbatan 1,4-1,5 s/ga yuqori hosil olingan.;
moyli zig‘irning “Lalmikor” navi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida fermer xo‘jaliklarida jami 19.0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-maydagi 05/05-03-197-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 9,0-9,1 s/ga hosil olinib, andoza navga nisbatan 1,6 s/ga yuqori ko‘rsatkichga erishgan va “Lalmikor” navining 1200 kg elita va super elita urug‘liklari saqlash uchun Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy omboriga topshirilgan.