Sulaymonova Saodat Usubxonovnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Interaktiv vizual ta’lim vositalari orqali o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasi (8-10 sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped696
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor Najmiddinova Xilola Yaqubjanovna, Geografiya fanlari doktori (DSc) professor Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika fanlari doktori (DSc) professor Artikova Muhayyo Botiralievna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: interaktiv vizual ta’lim vositalari orqali o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy hamda amaliy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
ekologik madaniyatni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari interaktiv vizual ta’lim texnologiyalari kontekstida ilmiy jihatdan asoslanib, uning kognitiv, aksiologik, refleksiv komponentlarini o‘z ichiga olgan yaxlit pedagogik model konseptual ravishda ishlab chiqilgan;
ekologik ta’lim jarayonida interaktiv vizual strategiyalarni qo‘llashning didaktik imkoniyatlari interaktiv vizual vositalarni tanlash mezonlari asosida chuqur tahlil qilinib, mazkur didaktik strategiyalarning o‘quvchilarning ekologik tafakkurini, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi pedagogik potensiali ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan;
interaktiv vizual pedagogik texnologiyalar asosida ekologik ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Vizual-ekologik geografiya” dasturi ishlab chiqilib, o‘quvchilarning ekologik motivatsiyasi, ekologik axloqi va ekologik mas’uliyat ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada rivojlangani empirik jihatdan asoslangan:
interaktiv vizual vositalarni tanlash mezonlari va ularning pedagogik jihatlari asoslanib, mazkur pedagogik vositalarning ekologik bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, ekologik qadriyatlar va ekologik ong shakllanishidagi samaradorligi ilmiy asoslangan pedagogik indikatorlar orqali aniqlashtirilgan;
interaktiv vizual pedagogik usullarni qo‘llash bo‘yicha takomillashtirilgan metodik tavsiyalar hamda interfaol ta’lim muhiti, vizual-didaktik vositalar, innovatsion o‘qitish formatlari va ekologik tarbiyaning uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan VIGT va IVEM metodlar asosida ekologik madaniyatni rivojlantirishning metodik tizim takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Interaktiv vizual ta’lim vositalari orqali o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning nazariy metodologik natijalari asosida:
Ekologik madaniyatni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari interaktiv vizual ta’lim texnologiyalari kontekstida ilmiy jihatdan asoslangan holda, uning kognitiv, aksiologik, refleksiv komponentlarini o‘z ichiga olgan yaxlit pedagogik modelni konseptual ravishda ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar “Xalq pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli guvohnomasi). Natijada, ekologik madaniyatning puxta shakllanishini ta’minlovchi ta'lim uslublari va metodlarini joriy etish orqali o‘quvchilarning ekologik bilim va qadriyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar qo‘llanma mazmuniga singdirilgan;
ekologik ta’lim jarayonida interaktiv vizual strategiyalarni qo‘llashning didaktik imkoniyatlari interaktiv vizual vositalarni tanlash mezonlari asosida chuqur tahlil qilinib, mazkur didaktik strategiyalarning ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan, o‘quvchilarning ekologik tafakkurini, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi pedagogik potensialini belgilovchi nazariy-metodik asoslar 2024-2025-yillarda “O‘zbekiston” teleradiokanalining ekologiya mavzulariga oid dasturlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24“ ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 10-iyundagi 05-09-853-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning atrof-muhitga nisbatan barqaror munosabatlariga oid ta’lim strategiyalari keng miqyosda ommalashtirilgan;
Interaktiv vizual pedagogik texnologiyalar asosida ekologik ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan holda ishlab chiqilib, o‘quvchilarning ekologik motivatsiyasi, ekologik axloqi va ekologik mas’uliyat ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada rivojlanganini empirik jihatdan asoslash omili bo‘lgan “Vizual-ekologik geografiya” dasturi “Oila pedagogikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli guvohnomasi). Natijada, ekologik madaniyatni shakllantirish jarayonida interaktiv vizual pedagogik usullarni qo‘llash bo‘yicha takomillashtirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va ularda interfaol ta’lim muhiti, vizual-didaktik vositalar, innovatsion o‘qitish formatlari hamda pedagogik monitoring mexanizmlari asosida ekologik tarbiyaning uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy metodik tizimi takomillashtirilgan.
interaktiv vizual vositalarni tanlash mezonlari va ularning pedagogik jihatlari asoslangan holda, ekologik bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, ekologik qadriyatlar va ekologik ong shakllanishidagi samaradorligi ilmiy asoslangan pedagogik indikatorlar orqali aniqlashtirilgan mazkur pedagogik vositalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayonlariga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi Ta’limni rivojlantirish markazining 2025-yil 15-avgustdagi 01-11-529-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik jarayonda interaktiv vizual vositalarni qo‘llash bo‘yicha takomillashtirilgan amaliy tavsiyalar hamda uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilib, ularni turli ta’lim bosqichlari va fanlar kontekstida moslashuvchan qo‘llash imkoniyatlarini mazmunli o’tkazishning amaliy asoslarini yanada rivojlantirishga erishilgan.
interaktiv vizual pedagogik usullarni qo‘llash bo‘yicha takomillashtirilgan metodik tavsiyalar hamda interfaol ta’lim muhiti, vizual-didaktik vositalar, innovatsion o‘qitish formatlari va ekologik tarbiyaning uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan VIGT va IVEM metodlar asosida ekologik madaniyatni rivojlantirishning metodik tizim takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan 2021-2022-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan “Ko‘zi ojizlar uchun innovatsion relefli xaritaning yangi avlodini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining SP-1005/21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ekologik madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallar bazasi kengaytirilib, interaktiv ko‘rgazmali vositalarning metodik ta’minoti takomillashtirishga xizmat qilgan.