Temirov Saydraximxo‘ja Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtachilik kul`tivatorining universal ish organini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T288.
Ilmiy rahbar: Xodjiev Abdumutalib, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Turgunov Abdulxoshim Axmadalievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtachilik kultivatoriga universal ish organini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash hisobiga g‘o‘za qator oralariga ishlov berishda energiya-materialhajmdorlikni kamaytirish va ish unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtachilik kul`tivatori universal ish organining konstruksiyasi va ularni g‘o‘za qator oralarida joylashtirish sxemalari ishlab chiqilgan;
kul`tivator universal ish organi iskanasining eni tuproq xossalari va ishlov berilgan qatlam tubida devorlari zichlangan egat hosil bo‘lmasligini hisobga olgan holda aniqlangan;
universal ish organi pichog‘ining parametrlari begona o‘tlar va ularning ildizlari sirpanib kesilishi, g‘o‘za va uning ildizlari shikastlanmasligi, tuproq uyumi hamda ish organining tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan;
paxtachilik kul`tivatori universal ish organining maqbul parametrlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtachilik kul`tivatori universal ish organining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
universal ish organli chopiq kul`tivatoriga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Chopiq kul`tivatorining ishchi organi», №FAR 0015-2017y.). Natijada tez va oson rostlanadigan, energiya-materialhajmdorligi kam bo‘lgan universal ish organining konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun ishlab chiqilgan maqbul parametrlarga ega universal ish organi bilan jihozlangan kul`tivator Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Yangiyo‘l, To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/023-338-son ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘i sarfini 11,26 foizga, mehnat sarfini 16,0 foizga, ekspluatatsion xarajatlarni 15,56 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
universal ish organli paxtachilik kul`tivatorini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «VMKV-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/023-338-son ma’lumotnomasi). Natijada KXU-4B kul`tivatoriga o‘rnatiladigan, tez va oson rostlanadigan metall-hajmdorligi 1,23 martaga kam bo‘lgan universal ish organini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.