Kamolova Azimaxon Odiljon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped 4783
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Asqarova Manzura Avazbekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
1) Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tillaeva Rayxona Tuxtasinovna
2) Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi
1. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim tarbiya jarayonida sog‘likni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan samarador usullarni rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish indikatorlari talabalarning refleksiv faoliyati shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv darajasiga hamda integratsiya jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash shartlariga asosan aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish modeli motivlashtirish jarayonlarida tajribalarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, mustaqil rivojlanishning empirik darajalarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti bo‘lajak pedagoglarni faol tadqiqotchilik va refleksiv faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan, dual ta’lim tizimiga asoslangan elektiv kurslarni maqsadli joriy etish vositasida boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirishga doir ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim tarbiya jarayonida sog‘likni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan samarador usullarni usullarni rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 60110100 - Pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun “Yunogogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘iga asosan №333-233-son o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi. Natijada, bo‘lajak pedagoglar o‘rtasida salomatlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish indikatorlari talabalarning refleksiv faoliyati shakllarini identiv maqsadlar bilan ichki integrallashuv darajasiga hamda integratsiya jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash shartlariga asosan aniqlashtirishga oid tavsiyalardan 60110100-Pedagogika ta’lim yo‘nalishi “Xalq pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan №429-376-son o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish modeli motivlashtirish jarayonlarida tajribalarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, mustaqil rivojlanishning empirik darajalarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan oid tavsiyalardan 60110100-Pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun hammualliflikda yaratilgan “Pedagogika tarixidan antalogiya (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan №391310-son o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni salomatlikni saqlash tadbirlariga jalb qilish mexanizmlarini ilmiy asosda tahlil qilish va takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti bo‘lajak pedagoglarni faol tadqiqotchilik va refleksiv faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan, dual ta’lim tizimiga asoslangan elektiv kurslarni maqsadli joriy etish hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirish modeli motivlashtirish jarayonlarida tajribalarni o‘rganish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, mustaqil rivojlanishning empirik darajalarni hisobga olish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarning 2025-yil fevral va aprel oylaridagi sonlari dastur va ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasining 2025-yildagi 21-aprel 05-09-503-son ma’lumotnomasi). Natijada, salomatlikni saqlash, stress va depressiya bilan kurashishda yordam berish funksiyasining mazmun va mohiyatini ochib berish orqali talabalar va o‘qituvchilarda salomatlikni saqlash madaniyatini rivojlantirishga erishilgan.