Musaeva Amina Karomatovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kommunikativ kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8245
Ilmiy rahbar: Hakimova Nargiza Suphonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor (DSc), professor Nigmatova Lola Xamidovna hamda pedagogika fanlari nomzodi (PhD) Babaeva Shoira Baymuradovna.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning kommunikativ kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning rus tilidan kommunikativ kompetensiyasi milliy vatanparvarlik mazmunidagi badiiy - axborotli matnlarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘z xulosasini bildirish jarayonida ta’lim imkoniyatlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlovchi diagnostik vositalar orqali aniqlashtirilgan;
rus tili darslari mazmuni har bir talabaning individual ehtiyoji, qiziqishi, qobiliyati, so‘z boyligini oshirish maqsadini ifodalovchi “shaxsiy shedevr”, “shaxsiy traektoriya” kabi ijodiy motivatsion mashqlarni bajarishga yo‘naltirilgan bilim olish hamda muloqotga intilish faolligini oshirishni ta’minlovchi “Rubrics” baholash usulini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish modelini o‘zaro muloqot jarayonida grammatik va uslubiy xatolarni avtomatik ravishda aniqlash va tuzatish, shaxsiy qobiliyatlarni manzilli rivojlantirishga qaratilgan adekvat emotsional-qadriyatli motivlarga mutanosib miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarni oshirish asosida takomillashtirilgan;
rus tilidan talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayonini Buxoro tarixiy obidalarini o‘rganish mazmuniga oid statistik (obidalar soni, turi, qurilish yili, ziyoratchilar soni) ma’lumotlarni paralingvistik (ovoz tembri, pauzalar, intonatsiya) ko‘rsatkichlaridan foydalanib taqdimot qilishga yo‘naltirilgan ijodiy matnlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalarning kommunikativ kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning rus tilidan kommunikativ kompetensiyasi milliy vatanparvarlik mazmunidagi badiiy - axborotli matnlarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘z xulosasini bildirish jarayonida ta’lim imkoniyatlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlovchi diagnostik vositalar orqali aniqlashtirilgan tavsiyalaridan oliy o‘quv yurti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Russkiy yazik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, №149121 guvohnomasi) Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanmaning xalqaro standartlar darajasidagi talablar hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida ilmiy asoslangan va amaliy ishlab chiqilgan kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish modelining qo‘llanish auditoriyasi kengaytirilgan;
rus tili darslari mazmuni har bir talabaning individual ehtiyoji, qiziqishi, qobiliyati, so‘z boyligini oshirish maqsadini ifodalovchi “shaxsiy shedevr”, “shaxsiy traektoriya” kabi ijodiy motivatsion mashqlarni bajarishga yo‘naltirilgan bilim olish hamda muloqotga intilish faolligini oshirishni ta’minlovchi “Rubrics” baholash usulini qo‘llash asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan rus tili darslari mazmundorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid ijodiy matnlari tayyorlangan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 5-yuldagi 11-05-4914/0-4son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim talabalarining rus tilidan kommunikativ kompentensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim yondashuvlaridan foydalanish imkoniyati oshgan;
talabalarning kommunikativ kompetentligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish modelini o‘zaro muloqot jarayonida grammatik va uslubiy xatolarni avtomatik ravishda aniqlash va tuzatish, shaxsiy qobiliyatlarni manzilli rivojlantirishga qaratilgan adekvat emotsional-qadriyatli motivlarga mutanosib ravishda miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarni oshirish asosida takomillashtirilgan tavsiyalaridan “Russkiy yazik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazi tadqiqotlari markazining 3-apreldagi 02/01/-01-110 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanma til kompetentligini rivojlantiruvchi loyihaviy ta’lim texnologiyasiga asoslangan ijodiy dars namunalari, tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar bilan mazmunan boyitilgan.
Rus tilidan talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayonini Buxoro tarixiy obidalarini o‘rganish mazmuniga oid statistik (obidalar soni, turi, qurilish yili, ziyoratchilar soni) ma’lumotlarni paralingvistik (ovoz tembri, pauzalar, intonatsiya) ko‘rsatkichlaridan foydalanib taqdimot qilishga yo‘naltirilgan ijodiy matnlar asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2020-2023-yy.) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, ushbu loyihada talabalarning rus tilidan kommunikativ kompetensiyasini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish