Karimov G‘ulomnazir Xolmatxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “O‘zbekistonda vijdon erkinligining mustahkamlanish dinamikasi: ijtimoiy-falsafiy diskurs”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal.1511
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Abdumalikov Abdulatif Abidjanovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Abdusattorov Baxtiyor Mamarasulovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda vijdon erkinligi takomillashuvining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vijdon erkinligining aksiologik mohiyati ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida (huquqiy norma, axloqiy tanlovi va ma’naviy daxlsizligi) jamiyatdagi axloqiy muvozanatlarni saqlovchi ko‘rsatkich ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda vijdon erkinligining tarixiy shakllanish bosqichlari (mustaqillik davridan keyingi islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichida)ni ijtimoiy-falsafiy jihatlari asoslangan;
vijdon erkinligining ijtimoiy ong va jamiyatdagi qadriyatlar tizimidagi falsafiy o‘rni axloqiy mezon (shaxsiy axloqiy mezonlar va madaniy axloqiy mezonlar)lar sifatidagi zarurati ochib berilgan;
O‘zbekiston tajribasi global falsafiy qarashlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, vijdon erkinligini milliy ijtimoiy-falsafiy model doirasida konseptual asoslashga xizmat qiluvchi yangicha yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Vijdon erkinligining aksiologik mohiyati ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida (huquqiy norma, axloqiy tanlovi va ma’naviy daxlsizligi) jamiyatdagi axloqiy muvozanatlarni saqlovchi ko‘rsatkich ekanligiga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining targibot va tashviqot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasisining 2025-yil 21-maydagi 02-08/1374-son Ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolar ongida huquqiylik, qonunlarga xurmat tamoyilining bugungi kunda O‘zbekistondagi vijdon erkinligi va diniy bagrikenglik shaxs madaniyatining  muhim elementlaridan biri ekanligini asoslash, siyosiy chiqish va mojarolarni yangicha yondashuvlar asosida siyosiy savodxonlik va ijtimoiy intizomini oshirishga xizmat qilgan; 
vijdon erkinligi tushunchasi O‘zbekiston jamiyatining tarixiy-madaniy rivojlanish kontekstida yangicha falsafiy talqinda asoslab berildi. Diniy tasavvur nafaqat huquqiy me’yor, balki ijtimoiy ong, ma’naviyat va shaxsiy axloqiy tanlov sifatida konseptual ravishda sharhlab chiqildi. Jamiyatimizda vijdon erkinligi evolyusiyasining bosqichlarining shakllanishi bilan uyg‘un holda tizimli falsafiy tahlil qilindi. Bu jarayonda sovet davridan mustaqillik va “Yangi O‘zbekiston” davrigacha bo‘lgan bosqichlarda ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar aniqlab berildi. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 9-iyundagi 604-son Ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolar, ayniqsa yoshlarlar o‘rtasida e’tiqodi, diniy dunyoqarashida jamiyatimiz tolerantlikni qaror toptirish jarayonlariga, mamlakatimizni ijtimoiy barqaror rivojlanishiga mustaqil munosabatlarining shakllanishi, ularda faol fuqarolig posisiyasini mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
jamiyatda vijdon erkinligining tarixiy shakllanish bosqichlari (mustaqillik davridan keyingi islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichida)ni ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining diniy e’tiqod erkinligi va dunyoviylik prinsipining ijtimoiy muvozanatga asoslangan ish faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi mahalla akademiyasining 2025-yil 23-iyundagi 01-03/16-sonli Dalolatnomasi). Natijada, yoshlar dunyoqarashida jamiyatdagi jtimoiy-ma’naviy transformatsiyalashuvining barqaror rivojlanish munosabatlarining shakllanishiga, ularning jamiyatga nisbatan pozitiv yondashuvi, vijdon erkinligi va tolerantlikni ratsional mazmun mohiyatini anglashi hamda ma’naviy yuksalishiga samarali xizmat qilgan;
vijdon erkinligining ijtimoiy ong va jamiyatdagi qadriyatlar tizimidagi falsafiy o‘rni axloqiy mezon (shaxsiy axloqiy mezonlar va madaniy axloqiy mezonlar)lar sifatidagi zaruratiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 9-iyundagi 604-son Ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarlar o‘rtasida e’tiqod va diniy dunyoqarashlarida tolerantlik va ijtimoiy barqarorlik munosabatlarining shakllanishi, ularda faol fuqarolik posisiyasini mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish