Abduraxmanova Zuxra Toxir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston  oziq-ovqat bozori iste’moli jarayonlarini ekonometrik tadqiq qilish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2921.
Ilmiy rahbar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bozorboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Isakova Naima Ikromjanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston oziq-ovqat bozori iste’mol jarayonlarini belgilovchi omillar tizimini nazariy asoslash, uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish va ularning miqdoriy ta’sirini ekonometrik modellar yordamida baholash hamda iste’mol jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat bozori” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oziq-ovqat mahsulotlariga talab va taklifning o‘zaro ta’siri orqali narx, sifat va assortiment shakllanishi jarayonini nafaqat tovar ayirboshlash munosabatlari, balki jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot yaratish, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning strategik iqtisodiy mexanizmi sifatida takomillashtirilgan;
aholining alohida daromad guruhlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini jon boshiga iste’mol qilishda umumiy daromadlarning yuqori va quyi chegaralari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali uy xo‘jaliklari rasionining energiya qiymati, iste’mol qilinadigan oqsillar, yog‘ va uglevodlar miqdori o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash asoslangan;
aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari (meva va rezavor, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kartoshka, o‘simlik yog‘i, sut va sut mahsulotlari, non va non mahsulotlari)ni iste’mol qilish bozorining rivojlanish trendlarini tahlil qilish asosida 2030-yilga qadar yalpi talabning o‘zgarishi dinamikasi prognoz parametrlari baholangan;
O‘zbekistonning doimiy aholisi, aholi real daromadlari darajasi va kam ta’minlanganlik doirasidagi daromadlarga ega aholi ulushining chiziqli, eksponensial  va logarifmik modellar asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat bozorini rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat bozori” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oziq-ovqat mahsulotlariga talab va taklifning o‘zaro ta’siri orqali narx, sifat va assortiment shakllanishi jarayonini nafaqat tovar ayirboshlash munosabatlari, balki jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot yaratish, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning strategik iqtisodiy mexanizmi sifatida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Oziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oziq-ovqat bozorining funksional tuzilmasi faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognoz qilish algoritmi orqali takomillashtirilgan “oziq-ovqat bozori” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
aholining alohida daromad guruhlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini jon boshiga iste’mol qilishda umumiy daromadlarning yuqori va quyi chegaralari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali uy xo‘jaliklari rasionining energiya qiymati, iste’mol qilinadigan oqsillar, yog‘ va uglevodlar miqdori o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi 2025-yil 2-iyundagi 05/03-04-299-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga o‘rtacha ekvivalent daromad darajasi past bo‘lgan xonadonning har bir oila a’zosi non va non mahsulotlarini - 17%, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini - 63%, baliq va baliq mahsulotlarini - 68%, sut va pishloq - 57%, tuxum - 53%, mevalar, rezavorlar, yong‘oqlar, uzum - 71%, sabzavotlar-14% va qandolat mahsulotlarini - 56% kamroq iste’mol qilishi aniqlangan;
aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari (meva va rezavor, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kartoshka, o‘simlik yog‘i, sut va sut mahsulotlari, non va non mahsulotlari)ni iste’mol qilish bozorining rivojlanish trendlarini tahlil qilish asosida 2030-yilga qadar yalpi talabning o‘zgarishi dinamikasi prognoz parametrlarini baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi 2025-yil 2-iyundagi 05/03-04-299-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikda keltirilgan modellarning o‘rtacha kvadratik va o‘rtacha mutlaq xatosining qiymatini hisobga olgan holda, olingan natijalarga ko‘ra, 2024-yilda o‘rtacha 233,22 kg.ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2030-yilga bo‘rib bu ko‘rsatkich 15,92 kg.ga oshishi hisobidan 249,14 kg.ga etishini aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekistonning doimiy aholisi, aholi real daromadlari darajasi va kam ta’minlanganlik doirasidagi daromadlarga ega aholi ulushining chiziqli, eksponensial  va logarifmik modellar asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi 2025-yil 2-iyundagi 05/03-04-299-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16- fevraldagi PF-36-son “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlashda istiqbol parametrlarni baholash hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish