Saparov Bobir Xudayberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarni sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mafkuraviy targ‘ibot texnologiyalarining ahamiyati”
09.00.05 - Milliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1009
Ilmiy rahbar: Maxkamov Ulugbek Abdugapporovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Ravshan Xudayberganovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Abduxaliqov Safar, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo vorisiylikga amal qilish va ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘zaro hamkorlikni ta’minlashning yoshlarni sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mafkuraviy texnologiyasi sifatidagi rolini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi qahramon obrazlarining vatanparvarligi zamonaviy yoshlar uchun yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishning ibrat maktabi ekanligi va ulardan davr ruhiga mos ravishda foydalanish tarixiy mafkuraviy texnologiya sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
maktab, oila va mahallada sog‘lom turmush tarziga oid amaliy faoliyatni tizimli tashkil etish, bu jarayonlarda ota-onalarning muntazam ishtirokini ta’minlashga erishish yoshlar ongida bu faoliyatni tizimli tashkil etish “sog‘lom tanada sog‘lom ruhni shakllantirish”ning oqilona texnologiyasi sifatidagi ahamiyati ochib berilgan;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning vatanparvarlik targ‘ibotiga oid tanlovlar va ijtimoiy loyihalarda ishtirokini ta’minlash, xorij davlatlar yoshlarining vatanparvarlik ruhidagi faoliyatini qiyosiy tahlil etish yoshlarning o‘z vatanida erishilgan yutuqlar bilan g‘ururlanish, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘usini shakllantirishning mafkuraviy targ‘ibot texnologiyasi sifatida amal qilishi ochib berilgan;
yoshlarning sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi»ning huquqiy-demokratik davlat qurishga qaratilgan g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga tayangan holda rivojlanishi va bu jarayonni takomillashtirishga yo‘nalgan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish davrning ruhiga mos yoshlar katlamini tarbiyalash uchun zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mafkuraviy targ‘ibot texnologiyalarining ahamiyatiga oid ilmiy tadqiqotning natijalari quyidagi tashkilotlarda amaliyotga joriy qilingan:
xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi qahramon obrazlari vatanparvarligining zamonaviy yoshlar uchun ibrat maktabi sifatidagi ahamiyati va ulardan davr ruhiga mos ravishda foydalanishning mafkuraviy texnologiyasi sifatidagi roliga oida xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatining turli yoshdagi fuqarolarning ongida Vatan tuyg‘usini shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, sport musobaqalarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025 yil 7 maydagi 10/258-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ongida milliy xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘qish, ulardagi g‘oyalarni ommalashtirish va ulardan ibrat olib faoliyatini tizimli tashkil etishga xizmat qilgan.
maktab, oila va mahallada sog‘lom turmush tarziga oid amaliy faoliyatni tizimli tashkil etish, bu jarayonlarda ota-onalarning muntazam ishtirokini ta’minlashga erishish yoshlar ongida bu faoliyatni tizimli tashkil etish “sog‘lom tanada sog‘lom ruhni shakllantirish”ning oqilona texnologiyasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining yoshlar ongida vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga oid ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025 yil 7 maydagi 05-09-63-son dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi ko‘rsatuvlarini mazmunan boyitish va ularning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning vatanparvarlik targ‘ibotiga oid tanlovlar va ijtimoiy loyihalarda ishtirokini ta’minlash, xorij davlatlar yoshlarining vatanparvarlik ruhidagi faoliyatini qiyosiy tahlil etish yoshlarning o‘z vatanida erishilgan yutuqlar bilan g‘ururlanish, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘usini shakllantirishning mafkuraviy targ‘ibot texnologiyasi sifatida amal qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarini faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Gvardiyasining 2025 yil 30 apreldagi 4030/V-son dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi ta’lim muassasalari barcha harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari tinglovchilarining jangovar vazifani og‘ishmay bajarishiga, mafkuraviy immunitetni oshirishga xizmat qilgan;
yoshlarning sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi»ning huquqiy-demokratik davlat qurishga qaratilgan g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga tayangan holda rivojlanishi va bu jarayonni takomillashtirishga yo‘nalgan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish davrning ruhiga mos yoshlar katlamini tarbiyalash uchun zarurligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tizimi ta’lim muassasalarining kursantlarning jismoniy va ma’naviy chiniqtirishga oid o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025 yil 2 maydagi 10/961-raqamli dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi ta’lim muassasalari kursantlari ongidagi vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularning sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishiga oid ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan.