Toreshov Maxmud Kenesbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4828  
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Juzbaev Abatbay Otebaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD),dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirishda istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda kichik biznesning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Biznes-ta’lim markazlari va ishlab chiqarish amaliyoti uzviy integratsiyasi” modeli mahalliy kasb-hunar maktablari va oliy o‘quv yurtlarining kichik biznes korxonalari bilan uch tomonlama (o‘quv yurti – korxona – mahalliy hokimiyat) shartnoma asosida kadrlar etishmovchiligini qisqartirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish jihatidan takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarining investisiyalarni jalb etishdagi faolligi hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy muhitga ta’siriga ko‘ra, soha iqtisodiy faoliyati rivojlanganlik darajasini baholash va uning kuchli hamda zaif jihatlarini tahlil qilishning uch bosqichli uslubiy tizimi orqali faoliyat samaradorligini 20–25 foiz aniqlikda baholash asoslangan;
oziq-ovqat, qurilish va engil sanoat sohalarida faoliyat yuritayotgan kichik biznes faoliyatini xomashyo ta’minotida “xomashyo kooperatsiya klasterlari”ni tashkil etish asosida mahalliy resurslar (jun, paxta, g‘isht xomashyosi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari)ni kichik korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta ishlash zanjirini yaratish orqali mavsumiylik va logistika muammolarini bartaraf etish taklifi asoslangan;
qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari faoliyati natijalari samaradorligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi muhim indikatorlarning ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirishda istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda kichik biznesning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Biznes-ta’lim markazlari va ishlab chiqarish amaliyoti uzviy integratsiyasi” modeli mahalliy kasb-hunar maktablari va oliy o‘quv yurtlarining kichik biznes korxonalari bilan uch tomonlama (o‘quv yurti – korxona – mahalliy hokimiyat) shartnoma asosida kadrlar etishmovchiligini qisqartirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish jihatidan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 10 sentyabrdagi 01/04-121/1-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘istonda kichik biznes korxonalari bilan uch tomonlama (o‘quv yurti – korxona – mahalliy hokimiyat) shartnoma asosida kadrlar etishmovchiligini qisqartirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Kichik biznes sub’ektlarining investisiyalarni jalb etishdagi faolligi hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy muhitga ta’siriga ko‘ra, soha iqtisodiy faoliyati rivojlanganlik darajasini baholash hamda uning kuchli va zaif jihatlarini tahlil qilishning uch bosqichli uslubiy tizimi orqali faoliyat samaradorligini 20–25 foiz aniqlikda baholash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 10 sentyabrdagi 01/04-121/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes faoliyati rivojlanganlik darajasini baholash hamda uning kuchli va zaif jihatlarini tahlil qilishning uch bosqichli uslubiy tizimi orqali faoliyat samaradorligini baholash imkoniyati yaratilgan. Oziq-ovqat, qurilish va engil sanoat sohalarida faoliyat yuritayotgan kichik biznes faoliyatini xomashyo ta’minotida “xomashyo kooperatsiya klasterlari”ni tashkil etish asosida mahalliy resurslar (jun, paxta, g‘isht xomashyosi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari)ni kichik korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta ishlash zanjirini yaratish orqali mavsumiylik va logistika muammolarini bartaraf etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 10 sentyabrdagi 01/04-121/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes faoliyatini xomashyo ta’minotida mavsumiylik va logistika muammolarini bartaraf etish imkoniyati yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari faoliyati natijalari samaradorligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi muhim indikatorlarning ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 10 sentyabrdagi 01/04-121/1-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz qilinayotgan davrda 2029 yil boshiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlari soni 44 661 birlikni tashkil etgan holda, keyingi besh yilda 1,57 barobarga oshishi mumkinligi, shuningdek, 2029 yil boshiga mintaqada kichik tadbirkorlik sub’ektlarining faollik darajasi 78,1 foizni tashkil etishi aniqlangan hamda mintaqada kichik tadbirkorlik sub’ektlari faollik darajasini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi tavsiya etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish