Mirsobitov Mirziyod Mirzoxid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlashda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5428.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik subektlarini qo‘llab quvvatlashda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini va mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etilishi va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasini bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizga qisqartirish taklif etilgan;
qimmatbaho va nodir metallar hamda uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar maxsus renta solig‘i to‘lovchilar tarkibiga va realizatsiyadan olingan renta daromadi soliq obektiga kiritish lozimligi asoslangan;
umumiy ovqatlanish korxonalari soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik hamda jarima va penyalarni foizsiz, arizasiz, faqat soliq organlarini xabardor qilib, teng ulushlarda kechiktirib to‘lash va bo‘lib-bo‘lib huquqini berish taklif etilgan;
yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi, er solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarni kamaytirilgan holda 1 foizli stavkada to‘lash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlashda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etilishi, Respublika tumanlarida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasini bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizga qisqartirish bo‘yicha taklifi Soliq kodeksining 483-moddasida tasdiqlanib amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 15-123037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif amalga oshirilsa, umumiy ovqatlanish korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq yukini sezilarli darajada kamaytiradi. Yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod qilish korxonalarning likvidlik holatini yaxshilaydi, investisiyalar va faoliyatni rivojlantirish imkoniyatini oshirgan.
qimmatbaho va nodir metallar hamda uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar maxsus renta solig‘i to‘lovchilar tarkibiga va realizatsiyadan olingan renta daromadi soliq obektiga kiritish taklifi Soliq kodeksining 4541-2-moddalarida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 15-123037- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho va nodir metallar hamda uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar maxsus renta solig‘i to‘lovchilar tarkibiga kiritilganda, ushbu korxonalar soliq majburiyatlarini aniq va shaffof tarzda bajarishda erishilgan.
umumiy ovqatlanish korxonalari soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik hamda jarima va penyalarni foizsiz, arizasiz, faqat soliq organlarini xabardor qilib, teng ulushlarda kechiktirib to‘lash va bo‘lib-bo‘lib huquqini berish taklifi Soliq kodeksining 482-moddasida o‘z aksini topib amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 15-123037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni foizsiz va arizasiz, faqat soliq organlarini xabardor qilib, teng ulushlarda kechiktirib to‘lash imkoniyati berilganda, korxonalar likvidlikni saqlash va operatsion xarajatlarini o‘z vaqtida qoplash imkoniyatiga ega bo‘lgan.
yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi, er solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarni kamaytirilgan holda 1 foizli stavkada to‘lash taklifi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2022-yil 14-sentyabrdagi 15-123037-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, soliq engilliklari orqali iqtisodiy rag‘batlantirish, investision faollikni kuchaytirish va kichik hamda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash mumkin bo‘lgan.