Boltaev To‘lqin Qo‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1298.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Zoyir Xudayberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qulliev Istam Yangimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida risklarni samarali boshqarishda barcha xorijiy valyutadagi risklarning ulushi jami risklarda 15 foizdan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik taklif etilgan;
banklarning valyuta operatsiyalaridan olinadigan daromadlilik darajasini optimallashtirish va barqarorlashtirishda valyuta operatsiyalaridan olinadigan daromadlarni har yili kamida 10 foizdan ortiq bo‘lishini ta’minlash taklif etilgan;
tijorat banklarining spot operatsiyalarida sotib olingan xorijiy valyuta bilan sotilgan valyuta o‘rtasidagi spredning miqdori sotib olingan valyutaning valyuta qiymatining kamida 1 foizini tashkil etishi lozimligi taklif etilgan;
banklarda xorijiy valyutadagi investision loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlashda va moliyalashtirish mexanizmida valyuta kursi omilini inobatga olish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida ushbu tadqiqot ishining natijasi sifatida valyuta operatsiyalarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy takliflar asosida:
tijorat banklarida risklarni samarali boshqarishda barcha xorijiy valyutadagi risklarning ulushi jami risklarda 15 foizdan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Aloqabank” ATBning 2023 yil 07 apreldagi 38-04/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy valyutadagi risklarning umumiy risk tarkibidagi ulushi 15 foizdan oshmasligi valyuta kursi o‘zgarishlaridan kelib chiqadigan zararlarni kamaytiradi. Bu esa bankning moliyaviy barqarorligini oshirgan.
banklarning valyuta operatsiyalaridan olinadigan daromadlilik darajasini optimallashtirish va barqarorlashtirishda valyuta operatsiyalaridan olinadigan daromadlarni har yili kamida 10 foizdan ortiq bo‘lishini ta’minlash taklifi ATB “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Aloqabank” ATBning 2023 yil 07 apreldagi 38-04/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, valyuta operatsiyalaridan olinadigan daromadlarni optimallashtirish banklarning umumiy rentabelligini oshirgan.
tijorat banklarining spot operatsiyalarida sotib olingan xorijiy valyuta bilan sotilgan valyuta o‘rtasidagi spredning miqdori sotib olingan valyutaning valyuta qiymatining kamida 1 foizini tashkil etishi lozimligi taklifi ATB “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Aloqabank” ATBning 2023 yil 07 apreldagi 38-04/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, spred (ya’ni sotib olish va sotish narxi orasidagi farq) 1 foizdan kam bo‘lmasligi banklarga valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan doimiy daromad olish imkonini yaratgan.
banklarda xorijiy valyutadagi investision loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlashda va moliyalashtirish mexanizmida valyuta kursi omilini inobatga olish taklifi ATB “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Aloqabank” ATBning 2023 yil 07 apreldagi 38-04/1139-son ma’lumotnomasi). Natijada, valyuta kursi omilini investision loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlashda va moliyalashtirishda inobatga olish banklarga yanada puxta risklarni boshqarish imkonini beradi, loyihalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yordam bergan.