Bekchanov Xalmurza Tursinbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrosanoat majmuasini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3997.
Ilmiy rahbar: Arzuova Shargul Ansatbaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Daniyarov Saylaubay Saparbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agro    texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agrosanoat majmuasini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sohalari resurslarini uyg‘unlashtirilgan tarzda tashkil etish va muvofiqlashtirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish jarayonida agrotexnologik jarayonlarni raqamli platformalar asosida real vaqtda monitoring qilishni uyg‘unlashtirilgan holda takomillashtirilgan;
agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishda ularning ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat va innovatsion salohiyatlarini integral baholash asosida iqtisodiy salohiyat darajasini «juda yuqori» (1,2 ≤ IQs), «yuqori»                  (1,02 ≤ IQs ˂ 1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ IQs ˂ 1,02), «xavfli» (0,3≤IQs ˂0,55) va «yuqori xavfli» (0≤IQs˂0,3) chegaralari doirasida baholash asoslangan;
hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi “Bo‘ston” XK oziq-ovqat sanoati korxonasi misolida hududiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrosanoat majmuasi korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda ularni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishda iqtisodiy salohiyatni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agrosanoat majmuasini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sohalari resurslarini uyg‘unlashtirilgan tarzda tashkil etish va muvofiqlashtirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish jarayonida agrotexnologik jarayonlarni raqamli platformalar asosida real vaqtda monitoring qilishni uyg‘unlashtirilgan holda takomillashtirish borasidagi nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Basqario‘ prinsipleri” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda agrotexnologik jarayonlarni raqamli platformalar asosida real vaqtda monitoring qilishni uyg‘unlashtirilgan holda takomillashtirilgan “agrosanoat majmuasini boshqarish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
agrosanoat majmuasi korxonalarini boshqarishda ularning ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, marketing, mehnat va innovatsion salohiyatlarini integral baholash asosida iqtisodiy salohiyat darajasini «juda yuqori» (1,2 ≤ IQs), «yuqori»                 (1,02 ≤ IQs ˂ 1,2), «o‘rtacha xavfli» (0,55 ≤ IQs ˂ 1,02), «xavfli» (0,3≤ IQs˂ 0,55) va «yuqori xavfli» (0 ≤ IQs ˂ 0,3) chegaralari doirasida baholash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 6 martdagi 01-12/01-112-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida agrosanoat majmuasi korxonalari iqtisodiy salohiyati holati va resurslar qo‘shimcha o‘sish sur’atining iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari aniqlilik darajasining 1,4 baravarga oshishiga erishilgan;
hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi “Bo‘ston” XK oziq-ovqat sanoati korxonasi misolida hududiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 6 martdagi   01-12/01-112-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida agrosanoat majmuasi korxonalari iqtisodiy salohiyatini samarali boshqarish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning oshishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrosanoat majmuasi korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalari hamda ularni boshqarishning samarali vositalariga asoslangan holda 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 6 martdagi 01-12/01-112 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida agrosanoat majmuasi korxonalari iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish amaliyotining takomillashishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish